А к т у а р и й
Суғурта рискининг юз бериши
эҳтимолига кўра, суғурта хизматининг
нархини аниқлаб берувчи
мутахассис
С ю р в е й е р
Шартномани тузиш мақсадида суғурта
объектни кўрикдан ўтказувчи шунингдек,
суғурта ҳодисаси юзасидан унинг сабаби,
зарар ҳажми ва уни қоплаш шаклини
аниқловчи эксперт
Авария комиссари
Суғурта ҳодисаси оқибатида кўрилган
зарарни баҳоловчи ва у билан боғлиқ
хужжатларни тайёрловчи
юридик ёки жисмоний шахс
Д и с п а ш е р
Суғурталанган мол-мулкни денгиз транспорти
орқали манзилга етказиш жараёнида кўрилган
зарарларни ҳисобловчи, тақсимловчи
мутахассис
Махсус ихтисослашган маслаҳатчилар
Суғуртани амалга ошириш юзасидан
консалтинг, аудиторлик, баҳоловчи фирмалар
ва бошқа маслаҳат берувчи идоралар
Суғурта аудитори
Суғурта ташкилотининг иқтисодий ва
молиявий ҳолати ва зиммасига олган
мажбуриятлари бажарилганлиги юзасидан
текширув хулосасини берувчи субъект
Суғурта воситачилари
Суғурта бозорида воситачилик
фаолиятини амалга оширувчи суғурта
агенти, суғурта ва қайта суғурта брокери
каби субъектлар
Суғуртачилар уюшмаси
Суғуртачилар фаолиятини мувофиқлаштириш
ҳамда уларнинг манфаатларига хизмат қилиш
мақсадида демократик тамойиллар асосида
ташкил этилган
бирлашма
Суғурта бозори инфратузилмасининг субъектлари
Sug’urta bozori infratuzilmasining yana bir asosiy sub’ekti bu avariya
komissaridir. U sug’urta hodisasi yuz berganidan so’ng shartnoma shartlariga
muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatda ishtirok etadi. Ta’kidlash mumkinki,
avariya komissari sug’urta tashkiloti bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat
yuritadi. U sug’urta tashkilotining vakili sifatida sug’urta hodisasi oqibatida zarar
ko’rgan mulkni ko’rikdan o’tkazadi, uning ko’lami va sabablarini aniqlaydi hamda
avariya sertifikatini tuzadi. Ba’zi mamlakatlarda sug’urta tashkiloti tomonidan
avariya komissariga ma’lum limit doirasida yo’qolgan mulkni qidirish xarajatlarini
amalga oshirish huquqi ham berilishi mumkin.
Mamlakatimizda aksariyat hollarda sug’urta tashkilotining o’zi yoki
hodisaning turiga qarab tegishli tashkilot (yo’l patrul xizmati, baholovchi tashkilot
va boshqa)lar tomonidan avariya komissarining vazifasi bajarilmoqda. Bu holat,
albatta sug’urta xizmatining sifatiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Keyingi yillarda O’zbekiston sug’urta bozori jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqda. Mazkur jarayonda avariya komissari faoliyatining yo’lga qo’yilishi
va rivojlantirilishi turli sub’ektlarning sug’urtaga bo’lgan ishonchlari ortishiga
omil bo’ladi.
Sug’urta bozori infratuzilmasida avariya komissari bilan «yonma-yon»
syurveyer va dispasherlar kabi sub’ektlar ham faoliyat ko’rsatadi. Syurveyer - bu
maxsus ekspert bo’lib, u sug’urta ob’ektlarini sug’urta tashkiloti so’roviga asosan
ko’rikdan o’tkazuvchi sub’ekt sanaladi. U sug’urtalanuvchi tomonidan ob’ektni
ko’rikdan o’tkazish uchun jalb etilishi ham mumkin. Ta’kidlash lozimki, uning
avariya komissari bilan o’zaro o’xshash hamda o’ziga xos farqli tomonlari ham
mavjud. Bundan tashqari syurveyerning ixtisoslashganlik darajasi odatda avariya
komissariga nisbatan yuqori sanaladi. Shuning uchun avariya komissari ham
ba’zan syurveyer xizmatidan foydalanadi.
Sug’urta bozorida avariya komissari va syurveyer bilan birgalikda dispasher
ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Mazkur faoliyat dengiz sug’urtasi bilan
bog’liqligi sababli asosan dengiz bo’yi davlatlarida rivojlangan. Mol-mulk yoki
boshqa ob’ektlar dengiz orqali manzilga etkazilish jarayonida yuz berishi ehtimol
bo’lgan, turli risklardan sug’urtalanadi. Ma’lumki, dengiz transportida bir necha
sub’ektlarning mol-mulki yuklangan hamda ular sug’urtalangan bo’lishi mumkin.
Dengizda sug’urta xodisasi yuz berishi oqibatida mulklarning zararlanishi umumiy
avariya deb nomlanadi.
Umumiy avariya holatida har bir mulk egasi qancha zarar ko’rganligini
aniqlash lozim bo’ladi. Aynan shunday faoliyatni dispasher amalga oshiradi,
hamda u ko’rilgan zararni hisoblash va uni xolisona taqsimlash bilan
shug’ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Zararning hisobi bo’yicha tuzilgan xujjat
dispasha deb nomlanadi.
Sug’urta bozori infratuzilmasida sug’urta vositachilari professional
ishtirokchilar sifatida o’ziga xos o’rinni egallaydi. Ular sug’urtachi va
sug’urtalanuvchi o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish borasida muhim
sub’ektlar hisoblanadi. Sug’urta vositachilarining tarkibiga sug’urta agentlari,
sug’urta va qayta sug’urta brokerlari kabi sub’ektlar kiradi. Xususan, sug’urta
agenti bu sug’urta tashkilotining nomidan yoki uning topshirig’iga binoan sug’urta
shartnomasining tuzilishi va uning ijro etilishini tashkil etuvchi yuridik yoki
jismoniy shaxsdir. Sug’urta brokeri esa sug’urtalanuvchining nomidan yoki uning
topshirig’iga asosan shartnomani tuzish va uning amal qilishi bilan bog’liq
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Sug’urta vositachilari
sug’urta mahsulotini sotish bo’yicha maxsus tizimga ega bo’lib, sug’urta
bozorining o’ziga xos infrastrukturasini tashkil etadi.
Sug’urtachilar uyushmasi unga a’zo bo’lgan sub’ektlarning manfaatlariga
xizmat qilish maqsadida (masalan, 1985 yildan boshlab faoliyat ko’rsatayotgan
Britaniya sug’urtachilar assotsiatsiyasi singari) tashkil etilishi mumkin bo’lgan
sug’urta bozori infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazkur
uyushma(assotsiatsiya)ning vazifasi keng ko’lamli bo’lib, u sug’urta sohasiga oid
bilimlarni ommalashtirish, maxsus bukletlar, statistik ma’lumotlarni nashr etish
kabi yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadi.
Sug’urta bozori infratuzilmasida auditorlik tashkilotlari ham o’ziga xos
o’ringa ega. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq sug’urta tashkilotlari ham
auditorlik tekshiruvidan o’tishlari majburiy qilib belgilab qo’yilgan. Auditorlik
tekshiruvi sug’urta tashkilotining so’roviga asosan amalga oshiriladi. Uning
natijasiga ko’ra, auditor sug’urta tashkilotining moliyaviy ahvoli yuzasidan o’z
xulosasini beradi. Mazkur xulosada sug’urta tashkilotining moliyaviy holati aks
ettiriladi. Sug’urta tashkiloti auditor taqdim etgan xulosadan kelib chiqib, o’zining
moliyaviy holatini yaxshilash strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga
oshiradi.
Sug’urta faoliyati o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lib, maxsus (masalan,
tijorat banklari buxgalteriyasi kabi) buxgalteriya hisobini yuritish tartibini
ishlab chiqishni talab etadi.
Shuni qayd etish lozimki, sug’urta faoliyatini tekshiruvchi auditor bu soha
yuzasidan maxsus bilimga ega bo’lmasa, tomonlar o’rtasida kelishmovchilik
yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan, sug’urta faoliyatini rivojlantirishda uning
o’ziga xos bo’lgan buxgalteriya hisobini yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan tashqari maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar ham sug’urta
bozori infratuzilmasining sub’ekti sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Mazkur
sub’ektlar jumlasiga ixtisoslashgan va keng qamrovli maslahat byurolari,
advokatlik hamda baholovchi firmalarni kiritish mumkin. Shu o’rinda ta’kidlash
mumkinki, mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik darajasi
hozirda yuqori emas va mazkur mutaxassislar sug’urta faoliyatida deyarli ishtirok
etishmayapti.
O’zbekistonda 2004 yilning yakuniga ko’ra, sug’urta mukofotlari 32,9 mlrd.
so’mga yaqin summani tashkil etdi. 2005 yil bu ko’rsatkichning yanada ortishi
kutilmoqda. Bu ko’rsatkichlar O’zbekiston sug’urta bozorining jadal sur’atlar bilan
rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda sug’urta bozorini
yanada rivojlantirish uning xizmatlari ko’lamini kengaytirishni hamda ularning
sifatini oshirishni taqozo etadi.
Xalqaro tajribani o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, bozor infratuzilmasi
sug’urta bozori infratuzilmasini shakllantirish bilan bir butunlikda kechadigan
jarayondir. O’zbekistonda sug’urta bozori infratuzilmasining shakllantirilishi
birmuncha o’zgacha tarzda kechmoqda.
Sug’urta bozori infratuzilmasida alohida mustaqil faoliyat ko’rsatishi lozim
bo’lgan
sug’urta
vositachilari,
auditorlari,
sug’urta
ob’ektlarini
baholovchi(ekspert)lar hamda boshqa sub’ektlar, xorijiy amaliyotdagidan farqli
ravishda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlarining o’ziga
biriktirilgan. Garchi, sug’urta bozori infratuzilmasining rivojlanishi sust
kechayotgan
bo’lsada,
sug’urta
tashkilotlarining
o’z
infratuzilmasini
rivojlantirishga bo’lgan harakatlari ko’zga tashlanmoqda. Xususan, bu borada
«O’zbekinvest» EIMSKning etakchi bo’layotganini, uning qoshida «Sug’urta
olami» nomli sug’urta biznesini o’qitish va «Innovatsiya va sug’urta xizmatlarini
rivojlantirish» markazlari, «O’zbekinvest Eksiminform» marketing hamda
«O’zbekinvest Assistans» servis agentliklari «O’zbekinvest Sarmoyalari»
investitsion kompaniya shuningdek, boshqa sho’’ba korxonalar samarali faoliyat
ko’rsatayotganligini qayd etish mumkin.
Sug’urta bozori infratuzilasini shakllantirish va uning sub’ektlari
faoliyatining me’yoriy-xuquqiy bazasini takomillashtirish O’zbekistonda sug’urta
bozori taraqqiyotini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi. Xususan,
mamlakatimizda sug’urtachilar uyushmasini tashkil etish, aktuariy, syurveyer kabi
sub’ektlarning faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu jarayon sug’urta bozori infratuzilmasi sub’ektlarining alohida
ixtisoslashuvini hamda ularning faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |