1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix06.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152613
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

 
 
Суғурта бозори 


foizdan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 
2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 
ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida 
ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi 
mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan 
sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi. 
Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan 
o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori 
tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib 
boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi 
vaqtda Yaponiya sug’urta bozorining xalqaro darajada muxim o’rni bor va keyingi 
o’n yillikda Yaponiya sug’urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. 
Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug’urta 
qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu 
kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan. 
Sug’urta bozorlari hududiy bo’linish bilan bir qatorda sug’urta turlariga 
qarab ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar 
amaliyotida sug’urta bozori ikkiga bo’linadi: 1) Hayotni sug’urta qilish bilan 
bog’liq sug’urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug’urta xizmatlari bozori. 
3.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko’tarilmoqda. Bu jarayonda sug’urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq 
topmoqda. Sug’urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning 
rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug’urta faoliyatida risklar 
transferi ham o’z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga 
bog’liqdir.
Shu o’rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug’atlarda turlicha: 
masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko’rsatuvchi iqtisodiy 
tarmoqlar yig’indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi ishlab 
chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda 
qo’llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug’urta bozori infratuzilmasining 
mazmun-mohiyatini ochib berishda, iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat 
yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda 
tutiladi. Ma’lumki, sug’urta mahsuloti sotilishining o’ziga xos jihatlari mavjud va 
bu jarayon:
-
sug’urta riski haqida axborot to’plash va uni aniqlashtirish; 
-
sug’urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini ta’minlash kabi 
bosqichlarni o’z ichiga oladi. 
Sug’urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o’ziga xos 
bilimni talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, ma’lum 
qisqa davr oralig’ida talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga 
kiritilishi iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun 
kompaniya o’z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan
foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug’urta bozori infratuzilmasi uning 


professional ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar sifatida sug’urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini 
ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug’urta bozori infratuzilmasining o’ziga xosligidan kelib chiqib, shuni
qayd etish mumkinki, uning tarkibiga sug’urta vositachilari, sug’urtachilar 
uyushmasi, avariya komissari, syurveyer, aktuariy, sug’urta auditori, maxsus 
ixtisoslashgan maslahatchilar hamda baholovchi firmalar kabi sub’ektlar kiradi (1-
chizma). Shu o’rinda, London sug’urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug’urta 
anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin.
1-chizma 
Sug’urta bozori infratuzilmasining sub’ektlari 
Ularning har biri sug’urta b 
O’zbekiston sug’urta bozorida o’ziga xos o’ringa egadir. Masalan, aktuariy 
sug’urta xizmatlari narxini aniqlashda qatnashuvchi sub’ekt sanaladi. Bunda, u 
katta sonlar va ehtimollik qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan 
foydalanadi. Rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari aktuariy faoliyatisiz 
sug’urta xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning belgilanishini ta’minlay 
olmaydi. Aktuariy sug’urta faoliyatini strategik rejalashtirish, sug’urta sohalari
klass(tur)lari, shuningdek, kompaniya bo’yicha sug’urta portfeli tarkibi va 
sifatining tahlili kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug’urta 
tashkilotining hisoboti uning vakolatli shaxslaridan tashqari aktuariy tomonidan 
ham tasdiqlanishi talab etiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin