mablag’larining jami uning daromadi hisoblanadi.
Sug’urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud.
Ular ichida manbalarga ko’ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo’lishga
asoslangan variant keng qo’llaniladi (1-chizma):
a) sug’urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug’urta
operatsiyalarini
amalga oshirishdan olingan daromadlar sug’urtachi daromadlarining asosiy manbai
hisoblanadi.
Bu daromadlarning asosiy qismi sug’urta shartnomalari bo’yicha undirilgan
mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug’urta tashkilotining mukofot tushumlari
hajmiga sug’urta majburiyatlari portfelining
tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati,
marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o’zaro bog’liqlikda ta’sir etadi.
Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo’lgan
tarif
siyosatisiz amalga oshirib bo’lmaydi, o’z navbatida,
muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan marketing strategiyasi sug’urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va
aksincha.