PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-1, January–2022
92
MATEMATIKA FANINING RIVOJLANISHI VA SONLARNING PAYDO
BO’LISHI
Hamroyev Jamoliddin
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 59 -umumiy o'rta ta'lim maktabning
matematika fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Matematika tarixi matematikani
rivojlanish tarixini, bunda
xalqlarning, alohida olimlarning va olimlar kollektivining fan taraqqiyotiga
qo’shgan hissalarini o’rganishni,
matematik tushunchalarni, qonunlarni paydo
bo’lish va ularning fandagi va hayotdagi rolini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Shuningdek matematika o’qituvchilari uchun hamda fan tarixi bilan qiziquvchilar
uchun ham foydalidir. O’quvchilarni matematika tarixi,
bu boradagi kashfiyotlar
bilan tanishtirish, matematik tushunchalarni va qonuniyatlarni ro’yobga kelishda
ayrim olimlarning, olimlar jamoasining va xalqlarning roli bilan tanishtirish ularning
dunyo
qarashini shakllantirishda, matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda
muhim ahamiyatga ega bo’lib, kasbiy tayyorgarliklarini shakllanishda muhim rol
o’ynaydi.
Kalit so’zlar:
Matematikada tenglamalar ildizi, Differentsial va integral, xisob
abjad hisobi, kristollografiya,
kvant fizikasi, Lagranj tenglamalari, fut, lokat,
Primitiv ko’rinishdagi miqdoriy munosabatlar, son , figura, yuza,
kasr sonlar,
algoritim, o’nlik sonlar, katta sonlar.
Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini rivojlanishi kabi,
insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Fanning rivojlanishi bu
ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi. ”Matematika, boshqa fanlar kabi,
odamlarning amaliy ehtiyojlari
natijasida vujudga keldi, bular: yer maydonining
yuzalarini o’lchash, idishlarning sig’imini o’lchash, vaqtni o’lchash va
mexanikaning elementlaridir”.
Haqiqatan ham matematikaning turli bo’limlari real dunyoning fazoviy
formalarini va miqdoriy munosabatlarini o’rganishda o’zining
metodlarining turli
tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib