Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalaming diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo‘lmasligi, yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi sababli o ‘zlarining xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o ‘tira olmaydigan, tartibga www.ziyouz.com kutubxonasi
chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga y o ‘naltira olmaslik mashg‘ulotlarda intizom buzish va boshqalaiga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalaiga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’ulyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur. Bog‘cha yoshida bolalarda awalgi davrlaiga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlamikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5-6 narsani (bir-biri bilan bog‘lanmagan harflami yoki raqamlami) sig‘dira olsa, bog‘cha yoshidagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta ) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib sochib olib