keladi. Bu uning uquvsizligi, bo‘shangligidan emas, balki o ‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la omaydi. Shuning uchun bunday hollarda bolalarni koyish yaramaydi. Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalaming o‘qish faoliyatlari uchun zarur. Shuning uchun bolaning bog‘cha yoshidagi davrida barcha imkoniyatlardan keng foydalanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda asosan, ekskursiyalar, instsenirovkalar, har sohaga doir rasralar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur b o ‘lgan ixtiyoriy diqqat bog‘chada didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar o‘qib berish davomida rivojlantiriladi. Bog‘cha yoshidagi bolalaming diqqati ko‘pincha ulaming qiziqishi hamda hissiyotlari bilan bog‘liqligi sababli kontsentrlashgan, ya’ni www.ziyouz.com kutubxonasi
bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bola diqqatining bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalami qayta- qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshita beradilar. Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqatining ko‘lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklami qayta-qayta aylantirib eshita