M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson ehtiyojining dastlabki 7 yili davomida bolalar va kattalar o ‘rtasidagi muloqotning bir necha shakli ketma-ket paydo bo‘ladi hamda bir-birining o‘mini almashtiradi. U muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita- emotsional muloqot, biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan muloqot), ayni paytdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan va bilishga yo‘naltirilgan muloqot (bilish muloqoti), odam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqot (shaxsiy muloqot). Dastlab, bevosita — emotsional muloqot paydo b o‘ladi. Muloqotning bu shakli asosida bolaning unga nisbatan diqqat-e’tiborii va mehribon bo‘lishlariga ehtiyoj his etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o‘z qo‘liga oladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab nafaqat mehribonlikka ehtiyoj, balki kattalar bilan hamkoriik qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham kiritiladi. Bunday ehtiyoj ishchan muloqot davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga kirishganda, kattalardan yordam so‘rashi, ulami ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga taldif etishi va boshqa shu kabilami amalga oshirishi mumkin. Lekin shu bilan biiga bolalar biror ish bilan bog’liq bo‘lmagan vaziyatda bilishga yo‘naltirilgan yoki odam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqotga ham kirishadilar. Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof-olamdagi narsa va hodisalami muhokama qiladi. Bunda bola biror bir narsa haqida aytib berishi, savollar bilan murojaat qilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos qilishi mumkin. Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bo‘lgan axborotni olishdan iborat.Shaxsiy muloqotda esa bola kattalar