bo‘lishi o ‘sib kelayotgan inson ahloqiy qiyofasining shakllanishida o ‘ta muhim rol o ‘ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi awalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning oila a’zolariga bo‘lgan munosabatlari o‘g‘il va qiz bolalarda farqlanadi. Masalan, o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘proq o‘z jinsidagi oila a’zolari — otasi, akasi, bobosiga o‘zini yaqin tutadi. Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘mi beqiyos ekan, oila a’zolari bolalaming psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog‘lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim , tarbiyachilaming eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak. Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqoti ham muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqish bolada kattalaiga bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinroq 1 yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi. Biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi. www.ziyouz.com kutubxonasi
4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo — bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishdan mahrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning “bolalar jamiyati” a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘iganish mumkin emas. YA.L.Kolomunskiy bog‘cha yoshidagi bolalar guruhini odamlar ijtimoiy birligining ilk pog‘onasi, “kurtagi” deb hisoblaydi. Bolalar o ‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o ‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o ‘zlarini