muloqot qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas ta’qiqlar qo‘ymasikka harakat qiladilar, buning o‘miga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalami tushuntirishga intiladilar, iloji boricha bolalaming savollariga javob berishga, ulamig qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar. Oilladagi “avtoritar” muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlaming ko‘pligi bilan xarakterlanadi. “Hukmron” ota-onalar www.ziyouz.com kutubxonasi
boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalaida bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan- kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, “avtoritar” va “demokratik” oilalarda tarbiyalanuvchi bolalaming shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. “Demokratik” oilalaming farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh fikrgia tobe bo‘lishni) inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalami his etuvchi bo‘ladilar. Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha oiladagi muhit iliq, ota-ona va bola rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo‘ladilar. Shu narsa aniqlanganki, bola qanchalik ko‘p erkalitilsa, shaxs sifatida shuncha sekin etiladi, u passivlik va apatiyaga moyil bo‘ladi, ehtimol, keyinchalik uning xarakteri kuchsiz bo“lib shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ulaiga mehr-muhabbat, diqqat-e’tiborbilan munosabatda