Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
audit (3)

17-modda. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari 
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini ko’rsatishlari 
mumkin: 


405 
buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish
moliyaviy hisobotni tuzish; 
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga 
o’tkazish; 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish; 
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-
xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati; 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va 
deklaratsiyalarni tuzish. 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt taftish komissiyasining (taftishchisining) 
vazifalarini amalga oshirish. 
(17-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan sakkizinchi 
xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida 
nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin. 
Batafsil ma’lumot uchun «90-son O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining 
milliy standarti
(AFMS) «Auditorlik 
tashkilotlarining professional xizmatlari» (ro’yxat raqami 1017, 10.03.2001 y.)ga qarang. 
18-modda. Auditorlik hisoboti 
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya 
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, 
moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, 
shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan 
iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga, 
qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat. Auditor 
hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish 
bo’yicha tavsiyalar, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik 
faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo’lishi 
kerak. 
Agap auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari 
(aktsiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari 
topshirig’iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilayotgan bo’lsa, 


406 
auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig’iga binoan o’tkazilayotgan 
shaxsga ham taqdim etiladi. 
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi 
mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor 
qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o’tkazgan 
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan 
bo’lishi kerak. 
(18-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R 
QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning 
standartlari bilan belgilanadi. 
Batafsil ma’lumot uchun «70-son O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining 
milliy standarti 
(AFMS) «Moliyaviy hisobot 
to’g’risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» (ro’yxat raqami 1016, 10.03.2001 y.)ga qarang. 
(18-moddaning beshinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R 
QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin