14
4-§. O‘RTA OSIYO XALQLARI TURK
XOQONLIGI DAVRIDA
Tayanch tushunchalar: Turk xoqonligi, xoqonlik boshqaruvi,
Eftallar davlatining barham topishi, xoqonlikning bo‘linishi.
Xoqonlikning tashkil topishi.
VI asr o‘rtalari
da Oltoy va
Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi
davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi
bilan kirgan. Uning asoschisi
Bumin
edi.
552-yil
da
Bumin
“
xoqon
” deb e’lon qilindi.
Oltoy
xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning
g‘arbga tomon yurishlariga
Istami
boshchilik qiladi. Unga
“Yab g‘u xoqon”
degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv
va Shar qiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy
qabilalar bo‘y sundiriladi.
555-yil
dayoq turklar Sirdaryo va Orol
dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar.
Xoqonlik che garasi eftallar davlati hududlariga tutashib ket-
gan. Natijada eftallar davlatining shimo
liy hududlari xavf
osti da qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foyda langan sosoniylar
Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar.
Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi muqarrar edi.
Bunday murakkab siyosiy vazi
yat xoqonlikni eron, so‘ngra
Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida
yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan
manfaatdor edi.
Dostları ilə paylaş: