VII asrning birinchi choragi da G‘arbiy turk xoqonligi
nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janub-
da esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan. Xoqonlik
o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni
saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lka
-
larda esa xo qon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.
Xoqon
To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda
boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy
hukmdorlarga xoqon likning
“yabg‘u” unvoni berilib, ular xo-
qon ning noibiga (vakiliga) aylanadilar.
Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxa-
ristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat
kuchay tiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari –
tudunlar yubo riladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi
zaifl ashib boradi.
Ijtimoiy hayot .
G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholi-
ning ha yoti va xo‘jaligi turlicha bo‘lgan. Xoqonlik o‘troq va
ko‘chmanchi aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchilarning aso
siy
mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Aholining o‘troq qismi ma-
daniy jihatdan ilg‘or bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtiso diy
turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan.
Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Aholisi
deh
qonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan
shu g‘ul lanardi. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qu -
rol -yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajra lib
turardi.
18
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining
aso siy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa
Sug‘d sav do garlarining mavqeyi baland edi.
G‘arbiy turk xoqonligi bi lan Xitoy o‘rtasida