5. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash lozimki,
elektron tijorat iste’molchiga kapital aylanma-
sini tezlashtirish, tranzaksiya xarajatlarini sezi-
larli darajada kamaytirish, hududiy iqtisodiy
komplekslarni rekonstruksiya qilish jarayonla-
rini faollashtirish imkonini beradi. Milliy elekt-
ron tijoratning rivojlanishi savdo operatsiyala-
rini tayyorlash va o'tkazish vaqtini qisqartiradi,
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobat
kuchayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, tovar va
xizmatlar narxlarini pasaytirishga yordam bera-
di, tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi va
rivojlanish orqali yangi ish o'rinlarini yaratadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respubli-
kasida to‘laqonli elektron biznes bozorini yara-
tish va mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchi
mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga chiqa-
rishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
birinchidan, elektron biznes sohasidagi
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning
amaldagi tizimini soha rivojidagi jadal o‘zga-
rishlarga moslashtirish va o‘z navbatida, aholi-
ning keng qatlamlari va tadbirkorlik subyektla-
rining elektron tijoratdan foydalanishini ta’min-
lash;
ikkinchidan, mahalliy
tadbirkorlik
subyektlarining tashqi bozorlarda to‘liq raqoba-
tini ta’minlash, elektron tijorat orqali tovarlar
(xizmatlarni) eksport qilishda eskirgan byurok-
ratik to‘siqlarni bartaraf etish;
uchinchidan, elektron biznesni rivojlan-
tirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommu-
nikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayo-
nini to‘g‘ri amalga oshirish;
to‘rtinchidan, mahalliy to‘lov tizimlari-
ning mashhur xorijiy analoglari bilan integ-
ratsiyalashtirish, mamlakat xo‘jalik yurituvchi
subektlari va yetakchi xorijiy tashkilotlarning
elektron tijorat sohasida to‘laqonli xalqaro
hamkorligini, shuningdek, eksport salohiyatini
oshirish va ichki bozorning raqobatbardoshli-
gini ta’minlash;
beshinchidan, elektron tijoratning imko-
niyatlari va afzalliklarini, shu jumladan, tovar-
lar (xizmatlar) uchun naqd pulsiz hisob-kitob-
larni, ayniqsa, joylarda, yashirin iqtisodiyotning
o‘sishiga va davlat budjetiga soliq tushumlari-
ning qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslikni ommalash-
tirish;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish
tizimi elektron tijorat sohasida tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini, shu jumladan ommaviy
axborot vositalarini kengaytirishni rag‘batlanti-
rishga qaratish.