“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”


Ishlab chiqarishning oliy ma‟lumotli kadrlar tayyorlashdagi mavqeini



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/52
tarix09.10.2023
ölçüsü3 Mb.
#153110
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

Ishlab chiqarishning oliy ma‟lumotli kadrlar tayyorlashdagi mavqeini 
kuchaytirish, takomillashtirish yo„llari:
1. Kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini 
olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish; 
2. Talabalarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma‘naviy va 
jismoniy tarbiyalash); 
3. Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‗nalishlari bo‗yicha kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish; 
4. Ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish 
uchun oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb 
etish; 
5. Pedagog kadrlarning ilg‗or texnologiyalar sohasidagi malakasini 
bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish; 
6. Ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta‘lim jarayoniga va 
pedagogik faoliyatga jalb etish; 
7. Ishlab chiqarish amaliyotini o‗tash uchun talabalarni ish joylari bilan 
ta‘minlash; 
8. O‗zaro integratsiyalangan ta‘lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, 
apparatlar va asboblar bilan jihozlash

Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari bandligining to‗liq ta‘minlanmasligi 
sabablari: 
-ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalari, xususan, kadrlar tayyorlash
yo‗nalishlarini tanlash, tashkil etish va bitiruvchilar bandligini ta‘minlash 
bo‗yicha shartnoma munosabatlari qiyinchiliklar bilan o‗rnatilayotganligi, 
bunda ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning etarlicha faolligi 
ta‘minlanmaganligi;
-hududlar (viloyatlar va tumanlar) kesimida oliy ta‘lim muassasasini 
tugatayotgan yosh mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo‗llash mumkin bo‗lgan 
potensial ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardagi bo‗sh ish 


o‗rinlari (oliy ma‘lumotli kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlar) haqida aniq ma‘lumotlar 
ranl xolda va o‗z vaqtida olinmasligi;
-oliy 
ta‘lim 
muassasalari 
bitiruvchilarini 
ishga 
joylashtirishda
hokimiyatlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari 
(bo‗limlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, mehnat birjalari, ishonchli 
vakillar kabi yordamchi-vositachilik tuzilmalarining imkoniyatlaridan etarlicha 
foydalanilmayotganligi.
Bitiruvchilar bandligini hisobga olish va hisobotini yuritish: 
1.«Oliy ta‘lim muassasalarini 20_ _ yilda tugatgan bitiruvchilarning 
bandlik turlari bo‗yicha taqsimoti» 3-VUZ shakliga ilova davlat statistika 
hisoboti (Oliy ta‘lim muassasalari tomonidan har yili 7 dekabrdan kechiktirmay 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
statistika boshqarmalariga taqdim etiladi); 
2. «Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar» 3-BO‗ (OTM) idoraviy statistika hisoboti (Oliy 
ta‘lim muassasalari tomonidan har yili 30 noyabr holatiga 7 dekabrdan 
kechiktirmay Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligiga, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika 
boshqarmalariga taqdim etiladi); 
3.«Ishga joylashmagan oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari ro‗yxati 
(elektron tarzda)» idoraviy hisobga olish hujjati (Oliy ta‘lim muassasalari 
tomonidan har yili 30 noyabr holatiga 1 dekabrdan kechiktirmay ishga 
joylashmagan bitiruvchilar doimiy yashaydigan tuman (shahar) bandlikka 
ko‗maklashish markazlariga, tumanlar va shaharlar hokimliklariga, Oliy va o‗rta 
maxsus ta‘lim vazirligiga taqdim etiladi) 
Oliy ma‘lumotli yosh mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash
«Korxonalarning oliy ma‘lumotli va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi 
mutaxassislari bilan ta‘minlanganligi va ularga bo‗lgan istiqboldagi ehtiyoji» 1-
OPS shakli idoraviy hisobga olish hujjati (Korxona, tashkilot va muassasalar 


tomonidan o‗z joyidagi tuman, shahar statistika bo‗limiga har yili 10 
dekabridan kechiktirmay taqdim etiladi). 
Oliy 
ta‘lim 
muassasalari 
bitiruvchilari 
bandligini 
ta‘minlashdagi 
hamkorlikning muhim yo‗nalishlari:

oliy ta‘lim xizmatlari iste‘molchilari-potensial ish beruvchi korxonalar
tashkilotlar va muassasalar to‗g‗risida ma‘lumotlar bankini yaratish; 

ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning bakalavriat 
yo‗nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‗yicha kadrlarga bo‗lgan joriy 
va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash; 

ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan kadrlar 
tayyorlash, ularni ishga taqsimlash va joylashtirish bo‗yicha o‗zaro hamkorlik 
shartnomalarini tuzish;

potensial ish beruvchilarga taqdim etish maqsadida bitiruvchilar haqida 
ma‘lumotlar bankini shakllantirish; 

ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie
elektron aloqa) orqali bitiruvchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni e‘lon qilib borish, 
veb-saytlarga joylashtirish; 

potensial ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‗sh 
ish o‗rinlari (mehnat) yarmarkalari o‗tkazish.
Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, oliy o‗quv yurtlarini jahon andozalari 
darajasiga ko‗tarish, xalq xo‗jaligining mutaxassislariga bo‗lgan talablarni ilmiy 
baholash, yoshlarga sifatli ta‘lim berish va ularni tarbiyalashda ilg‗or xorijiy 
tajribadan samarali foydalanish va ularning o‗z mutaxassisliklaridan kelib 
chiqqan xolda bandligini ta‘minlash bugungi kunda eng muhim masalalardir
chunki barkamol intellektual etuk avlodsiz buyuk kelajakni tasavvur etib 
bo‗lmaydi. 

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin