XULOSA VA TAKLIF-TAVSIYALAR
Bugungi kunda oldimizga qo‗yilgan buyuk maqsadlarimizga ezgu
niyatlarimizga erishishimiz,
jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning
taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning
samarasi taqdiri - avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali,
ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‗liqligini
barchamiz anglab etmoqdamiz.
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta‘lim
sohasini tubdan
isloh qilish uni o‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‗la
xalos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratish bo‗lib, maqsadni ro‗yobga chiqarishda «Ta‘lim to‗g‗risida»
O‗zbekiston respubliksi Qonuniga muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat va
nodavlat ta‘lim muassasalari hamda ta‘lim sohasida raqobat muhitini
shakllantirish negizida ta‘lim tizimini rivojlantirishni
va takomillashtirish
ta‘minlashdan iborat bo‗ldi.
Bugungi kunda Dastur spetsifik xususiyati uning insonni butun umri
davomida ta‘lim jihatdan tayyorlashning barcha bosqichlari va bo‗g‗inlarini o‗z
ichiga oluvchi uzluksiz ta‘lim tizimiga yo‗naltirishida mujassamlashgandir.
Birinchi bosqichda yaqin o‗tmishdagi amaliyotga xos bo‗lgan barcha uzilishlarni
bartaraf etgan holda maktabgacha ta‘lim, o‗rta ta‘lim, boshlang‗ich va o‗rta
professional ta‘lim kichik tizimlari doirasida uzluksiz ta‘lim tizimini barpo
etishga va takomillashtirishga e‘tibor berilmoqda.
Deyarli barcha mamlakatlardagi kabi O‗zbekistonda ham davlat byudjeti,
shubhasiz, ta‘limni moliyaviy ta‘minlashning bosh manbaidir. Ta‘limga
davlat
xarajatlarining deyarli 90 foizi respublika byudjetidan (jumladan mahalliy
darajada qolgan respublika soliqlarini qo‗shgan holda respublika byudjetiga
barcha tushumlar), shuningdek respublika byudjetidan
mahalliy byudjetlarga
subvensiyalar va boshqa transfertlardan moliya mablag‗ bilan ta‘minlash.
Ta‘limga davlat xarajatlarining 10 foizdan sal ko‗prog‗i bevosita mahalliy
daromadlardan moliyaviy ta‘minlangan.
Bizning zamonamizda bo‗lg‗usi mutaxassis o‗zlashtirishi lozim bo‗lgan
ilmiy axborotlar hajmi to‗xtovsiz oshib bormoqda. SHu munosabat bilan ta‘lim
oluvchi rivojlanishning yuqori darajasiga intiladi, o‗z
qobiliyati va
imkoniyatlarini to‗liq ishga soladigan, xullas to‗la kuch bilan o‗qiydigan
takomillashgan o‗quv jarayoni tashkil etish tizimini ishlab chiqishi lozim.
SHuni ham xulosa qilib aytish mumkinki, ta‘lim tizimi o‗quv yurtlarini
jahon andozalari darajasiga ko‗tarish, xalq xo‗jaligining
mutaxassislariga
bo‗lgan talablarni ilmiy baholash, yoshlarga ta‘lim berish va ularni
tarbiyalashda ilg‗or xorijiy tajribadan samarali foydalanish va ularning o‗z
mutaxassisliklaridan kelib chiqqan xolda bandligini ta‘minlash
bugungi kunda
eng muhim masalalardir, chunki barkamol intellektual etuk avlodsiz buyuk
kelajakni tasavvur etib bo‗lmaydi.
YUqoridagi ilmiy asoslangan fikrlarimizdan
kelib chiqqan xolda
quyidagi
Dostları ilə paylaş: