27
RAQAMLI IQTISODIYOTNING OMILLARI VA XUSUSIYATLARI
Hamidullayev Ma'mirjon Murodjon o'g'li
Toshkent Moliya instituti Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar yo’nalishi 2-kurs magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.7919768
Annotatsiya.
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyotning omillari va xususiyatlari haqida so’z
boradi tezis davomida turli fikr va mulohazalar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, smart kontrakt, konsalting.
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador
texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va
jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha
muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28
dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha
quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida
yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab
chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli 0’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz
zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o ’stirish, korruptsiyani
keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni
tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish
bo’yicha “yo’l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta
’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini
ijro etish borasida , shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv
tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish,
shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31
avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo ’yicha qo ’shimcha
chora-tadbirlar to ’g ’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832
03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha
quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb
ko’rsatilgan:
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi
sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash,
saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish),
shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish
ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va
ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin
hamkorligini ta’minlash.
Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy
28
tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida
faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun
huquqiy baza yaratish .
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning
mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiq-puxta bilib olish talab
qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan
avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar
bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks
ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Qisqa va
lo’nda qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot- bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash
va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini
keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy
mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli
iqtisodiyot - bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat
hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir,
chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina
boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot’ atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog,
axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu
borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat’ nomli uch jildli
monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha
hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy
adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli iqtisodiyoti” turli xilatamalar bilan nomlanadi.
Masalan, “postindustrial iqtisodiyot’ (D.Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot’ (O.Toffler),
“megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot’ (I.Niniluto),
“texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot’ (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot’
(D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil - bu iqtisodiy jarayonlarning
globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib
hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib
o‘tish o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p
qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiq arish, saqlash,
qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot
rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari
ahamiyatining yanada oshishi xosdir.
Dostları ilə paylaş: |