Bola shaxsining rivojlanishida ijtimoiy omillarning ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix09.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#153228
1   2   3   4   5
Suyunova Matluba Abdusaidovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1758 
o’zgalar 
to’g’risidagi 
tushunchalarning 
shakllanishiga 
oiladagi 
ma’naviy-ruhiy 
munosabatlarning rolini aniq empirik ma’lumotlar bilan asoslashga bo’lgan ehtiyojidan 
kelib chiqadi. Ko’plab psixologik tadqiqotlarda oila, bola shaxsining shakllanishi va uning 
ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatuvchi omil sifatida baholanadi. Lekin bolaning o’zi 
to’g’risidagi 
barcha 
tasavvurlari 
shakllanishida 

tarbiyalanayotgan 
oiladagi 
munosabatlarning xususiyatlari, oila tiplari va ota-onalik maqomlari ular tomonidan qay 
darajada anglanishining bevosita roli alohida tadqiqot doirasida O’zbekiston sharoitida 
o’rganilmagan. Bu masala amaliy ahamiyatga molik bo’lib “…inson o’z umri davomida 
oladigan barcha informatsiyaning 70 % ini besh yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan”.
Demak, shu informatsiyalar orasida bola o’z “Meni”ni to’g’ri shakllantiradigan va shu 
orqali uni ijtimoiy psixologik munosabatlarga ruhan tayyorlaydigan ma’lumotlarning 
manbai va ta’sir kuchini o’rganish yosh ota-onalar va oilashunoslar uchun o’ta dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda jahon psixologik ilmida ham bola xulq-atvori va 
ruhiyatining shakllanishida oila va ota-ona muhim rol o’ynaydi degan yondashuv yetakchilik 
qiladi. Boshqa tomondan, bolaning rivojlanayotgan shaxs sifatidagi faolligi ham oiladagi 
o’zaro munosabatlar xususiyatini belgilab beradi. Oilada bola shaxsi rivojlanishining asosiy 
yo’nalishlaridan biri bu undagi “Men” konsepsiyasining shakllanishi bo’lib, bir qarashda bu 
sof kognitiv holat bo’lsa-da, uning manbasi va shakllantiruvchi omillar oila muhiti va undagi 
o’zaro munosabatlarining xarakteriga bevosita bog’liqdir. Bizning vazifamiz - o'zini 
anglashga qodir, boshqa odamlar bilan, o'zi bilan uyg'un munosabatlarni o'rnatishga qodir 
bo'lgan faol ijodiy shaxsni tarbiyalash hisoblanadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi psixik taraqqiyot 
davri bola o’zligini anglash va “Men” konsepsiyasi shakllanishining muhim bosqichlaridan 
biri sifatida qaraladi. (B.G.Ananyev, L.S.Vigotskiy, M.I.Lisina, V.S.Muxina, K.Rojers, Z.Freyd, 
K.Xorni, E.Erekson va boshqalar). Biroq bola “Men” konsepsiyasining mazmun- mohiyati, 
uning ayrim unsurlari, ularning o’zaro nisbati va antogenizning turli bosqichlarida namoyon 
bo’lishining mohiyati shuningdek ularning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi oiladagi 
munosabatlari ota-ona bilan bola o’rtasidagi munosabatlarga ota va onaning o’zaro 
munosabatlariga bog’lab o’rganishni hozirgi zamon psixologiyasining muhim va dolzarb, 
nazariy va amaliy muammosi, deb hisoblaymiz. 
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, 
ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, shaxs 
tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola 
ijtimoiylashuvida ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-
sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning 
keying rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassaslari, maktab, maktabdan 
tashqari tarbiya tashkilotlari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. 
Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik 
ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin