Tabiiy resurslarni to’gri boshqarish va atrof - muhit
muhofazasi
Gulsanam Azamatovna Alimova
Jahongir Bahron o’g’li Ro’ziboyev
TIQXMMI MTU, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqola xozirgi globallashib borayotgan olamda tabiiy
resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish haqida ko’rib o’tilgan. Atrof -
muhitni muhofaza qilish va asrash borasida xozirda olib borilayotgan ishlar haqida
bilib olamiz.
Kalit so’zlar:
Ekologiya, atrof - muhit, globallashuv, O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, kodeks, suv taqchilligi
Proper management of natural resources and environmental
protection
Gulsanam Azamatovna Alimova
Jahangir Bahron oglu Roziboyev
TIIAME NRU, Karshi Institute of Irrigation and Agrotechnologies
Abstract:
This article deals with the preservation of natural resources and their
rational use in today's globalized world. We will learn about the ongoing work on
environmental protection and preservation.
Keywords:
Ecology, environment, globalization, Constitution of the Republic of
Uzbekistan, code, water shortage
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atorf - muhitga bo’lgan ta’siri
o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simliklar, hayvonot dunyosi hamda yer osti va
yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqatda bo’ladi. Ekologik muammolar kengayib
ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan. Hozirgi davrda bu muammolarni hal
qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o’rni
beqiyosdir. Davlat ekologik siyosatining asoslari O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 55-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yer, yer osti
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi
asosiy prinsiplarini ifodalaydi:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
186
Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya’ni
yuridik ma’noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi.
Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida
oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat’iy rioya
etgan holda foydalanish tushuniladi.
Uchinchidan, tabiat ob’yektlari va resurslari davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Bu
davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashini
hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfatlariga, shuningdek
ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.
Yuqorida ko’rganigizdek barcha qonun va qoidalar bizning konstitutsiyamizda
to’g’ri va tushunarli keltirib o’tilgan bo’lib, xozirgi kunda bularning barchasi o’z aksini
topmoqda. Yaratilgan qonunlarning barchasi amaliyotda qo’llanilmoqda va davlat
Ekologiya qo‘mitasi tarkibidagi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va
chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi,
qayta ishlanishi, ko‘milishini nazorat qilish inspektsiyasi negizida ko’rib chiqilib zarur
choralar ko’rib kelinmoqda. Biz atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy zarar
yetkazadigan atrof-muhitga ta’sirini tavsiflash bilan boshlashimiz kerak edi aslida.
Xozirgi kunda global muammo deganda eng avvolo butun dunyodagi ekologik ahvol
haqida gapirishimiz mumkin. Yildan yilga dolzarb muammoga aylanib borayotgan bu
holat juda achinarli aslida, shuning uchun uni oldini olish va bartaraf qilish eng oqilona
ish deb o’ylaymiz. Hozirgi kunda juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda eng avvalo,
sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-
tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim
konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini
rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni
amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi ob’yektlarni va suv tozalash
inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul
qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy
oqibatlari shunchalik keng tarqalmoqdaki, mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy
hukmronlikka intilib, ulkan obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga
alohida urgʻu berib kelayotganligi sababli juda katta ekologik inqirozni keltirib
chiqarish arafasiga kelib qoldik. Balki kelib chiqayotgan barcha muammolarning
sababchisi o’zimizdir ? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab
boʻlayotgandir? Degan ko’plab savollar bugungi kunda sizni qiynashi tabiiy aslida.
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki,
insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer
ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
187
mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz
berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga
aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi. Hech o’ylab ko’rganmisiz
2030-yilga kelib suvga boʻlgan talab va mavjud boʻlgan suv taʼminoti oʻrtasida
40 % tafovut boʻladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yoʻgʻi 15 yil bor
xolos, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Taʼkidlash
joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda toza
ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf
deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan
muammolarning eng oldi qatoridan oʻrin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv yetarli
boʻlmagan, kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham oson emas
albatta. Bu tuygʻularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsinlar. Shuningdek
ekologik-huquqiy javobgarlik bu belgilab qoʻyilgan tabiatni muhofaza qilish va
ekologik qonun talablari hamda meʼyorlarini buzganligi, tabiiy resurslardan ortiqcha
foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini buzish, atrof - tabiiy muhitni, tabiatni
ifloslantirish, tabiiy resurslardan noqonuniy va isrofgarchilik qilib foydalanish
oqibatida vujudga kelib, u sub’yektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon
boʻladi. Albatta huquqbuzarliklar javobsiz qolmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VIII bobi “Ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy
javobgarlik” deb nomlangan boʻlib, xususan ushbu kodeksning 79-moddasida
quyidagicha javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: “Daraxtlar, butalarni, boshqa
oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki
yoʻq qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi”. Insonlarni ishlab chiqarish faoliyati
natijasida atrof - muhitni ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy, davlat va balki
planetar hamda global ahamiyatga ega boʼldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza
qilish muammosini hal qilinishi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha
davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng halqaro
hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilmoqda.
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro ekologik hamkorlik juda muhim
ahamiyat kasb etadi, bunda - yer yuzidagi barcha mamlakatlar tomonidan tabiat
muhofazasiga doir xalqaro kelishuv ya’ni shartnoma, konventsiyalar tuzish, xalqaro
ekologik me’yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat
qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy
tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o’tkazish kabi keng ko’lamli chora-tadbirlar
kompleksini o’z ichiga oladi. Misol uchun atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda
xalqaro doirada qo’yilgan qadamlardan birinchisi 1913 yilda Shvetsariyada 18 ta davlat
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
188
ishtirokida “Tabiatni muhofaza qilish” bo'yicha xalqaro konferentsiya o’tkazish bo’ldi.
1923 yilda esa Parijda birinchi xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi bo’lib o’tdi.
1928-yilda Belgiyada “Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi” ochildi. Ushbu xalqaro
tadbirlar doirasida Atrof - muhitni muhofaza qilishga e’tibor bir muncha kuchaydi.
1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilishi munosabati bilan atrof-
muhitni himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot
faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT xalqaro ekologik
hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo’lida ko’p ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948
yilda BMT tashabbusi bilan “Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi”, “Tabiatni
muhofazalash xalqaro ittifoqi”ga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq
faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 ta davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok
etmoqda. Ko’rib turganingizdek eng katta va keng ko’lamli barcha ishlar BMT
tashabbusi bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Agar axvol yaxshilanmasa yoki kerakli
choralar ko’rilmasa, tabiat aslo tiklab bo’lmaydigan xolatga kelib qoladi deb qurqamiz.
Shu o’rinda yuqoridagilarga isbot uchun misol keltirish joiz deb o’ylayman, ancha
yillardan beri o’zlashtirib kelinayotgan o’rmonlar, yildan yilga suv sathining oshib
borishi, hayvonot olamining inqiroz arafasida ekanligi. Bilasizmi bularni aslida juda
ko’p davom ettirish mumkin. Muammolarni sanagandan ko’ra ularga yechim topish
to’g’ri bo’ladi. Xozirgi texnologiyalar rivojlangan olamda ekologik toza mahsulotlarga
o’tish ancha vaqt oladi albatta, lekin imkoni bor. Harakat qilmasdan turib natija olib
bo’lmaganidek, kerakli choralarni ko’rmasdan turib, tabiatni asrab qolishning zarracha
imkoni yo’q. Doim so’z oxirida xulosa kutamiz. Xozirgi kunda bo’layotgan bu ishlarga
nisbatan barchamizda qarashlar, fikrlar mavjud. Olib borilayotgan ishlar to’g’rimi ?
Belgilangan jazolar qanchalar to’g’ri? va hokazo. Biz shuni bilamizki barcha
yangilanish va islohotlar faqat xalq manfatlari uchun xizmat qilishi kerak. Jumladan
so’ngi yillarda atrof - muhitni saqlash borasida juda ko’plab ishlar amalga oshirildi.
Ulardan biri butun Respublika miqyosida amalga oshirilgan “Yashil makon”
umummilliy loyihasi bo’ldi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta
ko’chatlarini ekish rejalashtirilgan. Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha
3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga
teng qismi kesilmoqda. Amaliy ishlar vaqti keldi aslida. Toza va musaffo havoni,
ichimlik suv, ekologiya, atrof - muhit ozodaligini saqlab qolish har birimizning
qo’limizda. O’z vazifalarini to’g’ri anglash va berilgan imkoniyatlardan oqilona
foydalanish bu har bir shaxsning davlat va jamiyat oldidagi burchidir!
Dostları ilə paylaş: |