Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
 
2. Muvozanatlar turlari va ularni qidirish yo’llari 
Har bir o‘zaro hamkorlik uchun muvozanatlarning turli xillari mavjud bo‘lishi mumkin: 
ustun 
strategiyali muvozanat, Nesh bo’yicha muvozanat, Shtakelberg bo’yicha muvozanat va Pareto 
bo’yicha muvozanat

Ustun strategiyali muvozanat
– boshqa ishtirokchining harakatlaridan 
qat’i nazar ishtirokchiga 
eng yuqori foydalilikni ta‘minlovchi harakatlar rejasi. 
Nesh bo’yicha 
muvozanat
– o‘yinchilarning hech biri o‘z harakatlari rejasini o‘zgartirgan holda o‘z yutug‘ini 
bir tomonlama oshira olmaydigan vaziyat. 
Shtakelberg bo’yicha muvozanat
– hech bir 
o‘yinchi o‘z yutug‘ini bir tomonlama tartibda oshira olmaydigan vaziyat. Bunda qaror dastlab 
birinchi o‘yinchi tomonidan qabul qilinadi, so‘ngra ikkinchi o‘yinchiga ma‘lum bo‘ladi. 
Pareto 
bo’yicha muvozanat
– o‘yinchilardan birining holatini, ikkinchi o‘yinchining holatini 
yomonlashtirmagan holda, yaxshilab bo‘lmaydigan vaziyat. 
Ustun strategiya deb ishtirokchiga boshqa ishtirokchining harakatlaridan qat‘i nazar 
o‘yinchining maksimum foydaliligini ta‘minlovchi harakatlar rejasiga aytiladi. O‘z navbatida 
o‘yindagi ikkala ishtirokchi ustun strategiyalarining o‘zaro kesishuvi ustun strategiyalar 
muvozanati bo‘ladi. Nesh bo‘yicha muvozanat – har bir o‘yinchining strategiyasi boshqa 
o‘yinchining harakatiga yaxshi javob bo‘ladigan vaziyat. Shtakelberg bo‘yicha muvozanat o‘yin 
ishtirokchilari tomonidan qarorlar qabul qilinishida vaqt omili mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, 
ya‘ni: ulardan biri boshqasi qanday yo‘l tutganligini bilgan holda qaror qabul qiladi. 
Shunday qilib, Shtakelberg bo‘yicha muvozanat qarorlar bir vaqtning o‘zida qabul qilinmagan 
sharoitda o‘yinchilarning maksimum foydaliligiga mos keladi. Ustun strategiyalar muvozanati va 
Nesh bo‘yicha muvozanatdan farqli o‘laroq muvozanatning ushbu turi hamma vaqt mavjud 
bo‘ladi. Va nihoyat, bir vaqtning o‘zida ikkala o‘yinchining ham foydaliligini oshirib 
bo‘lmaydigan holatda Pareto bo‘yicha muvozanatga erishiladi. Quyidagi misolda muvozanatning 
barcha to‘rtta turini qidirish texnologiyasini ko‘rib chiqamiz. 


22 
Faraz qilaylik, A firma B firmaning muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun 
monopoliyasini buzishga urinadi. A firma bozorga chiqish-chiqmaslikni, B firma esa, bordi-yu A 
firma bozorga kirishni hal qilsa, ishlab chiqarish hajmini pasaytirish masalasini hal qiladi. B 
firmada ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmay qolgan taqdirda, ikkala firma ham yutqazadi. Agar B 
firma ishlab chiqarish hajmini pasaytirishga qaror qilsa, u o‘z foydasini A firma bilan «baham 
ko‘radi» [47]. 
 
Ustun strategiyali muvozanat
. A firma ikkala variantdagi voqealar rivojida o‘zi yutug‘ini 
taqqoslaydi (agar B firma narx-navo «urushini» avj oldirmasa, –3 va 0) va (agar B firma ishlab 
chiqarish hajmini pasaytirishga qaror qilsa, 4 va 0). U holda A firma uchun B firmaning 
harakatlaridan qat‘i nazar eng ko‘p yutuqni ta‘minlovchi strategiya mavjud emas: 
0>-3 

agar B firma ishlab chiqarish hajmini avvalgi darajada saqlab qolsa, «bozorga 
kirmaslik»;
4>0 

, agar B firma ishlab chiqarish hajmini pasaytirsa, «bozorga kirish». 
B firmada ustun strategiya mavjud: u A firmaning harakatidan qat‘i nazar ishlab chiqarish 
hajmini pasaytirishdan manfaatdor 4>-2, 10q10,. Demak, ustun strategiyalar muvozanati mavjud 
emas. 
Nesh bo’yicha muvozanat
. B firmaning ishlab chiqarish hajmini avvalgi darajada saqlab 
turish to‘g‘risidagi qaroriga A firmaning eng yaxshi javobi - bozorga kirmaslik, ishlab chiqarish 
hajmini pasaytirish qaroriga esa, - bozorga kirish.
A firmaning bozorga kirish to‘g‘risidagi qaroriga B firmaning eng yaxshi javobi - ishlab 
chiqarish hajmini pasaytirish, bozorga kirmaslik qarori qabul qilinganda esa – ikkala strategiya 
ham bir xil natija beradi. Shuning uchun, Nesh bo‘yicha ikkita (N
1
, N
2
) muvozanat (4; 4) va (0; 
10) nuqtalarida turibdi: A firma bozorga kiradi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi; 
yoki A firma bozorga chiqmaydi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytirmaydi. Bunga 
ishonch hosil qilish oson, chunki ushbu nuqtalarda ishtirokchilardan hech biri o‘z strategiyasini 
o‘zgartirishdan manfaatdor emas. 
Shtakelberg bo’yicha muvozanat
. Faraz qilaylik, birinchi bo‘lib A firma qaror qabul 
qiladi. Agar u bozorga kirishga qaror qilsa, pirovardida (4; 4) nuqtada bo‘ladi: B firmaning 
tanlashi ushbu vaziyatda bir xil, 4>-2. Agar u bozorga chiqmaslikka qaror qilsa, yakun ikki nuqta 
(0; 10): B firmaning qarori ikkala variantni ham qo‘llash imkonini beradi. Buni bilgan holda, A 
firma, 4 va 0 ni taqqoslab, o‘z foydasini (4; 4) nuqtalarda ko‘paytiradi. Qarorlar bir xil va 
Shtakelberg bo‘yicha birinchi muvozanat St
A
(4; 4) nuqtalarda bo‘ladi. Huddi shu tariqa, birinchi 
bo‘lib qarorni B firma qabul qilganda, Shtakelberg bo‘yicha muvozanat St
B
(0; 10) nuqtalarda 
bo‘ladi. 
Pareto bo’yicha muvozanat
. Pareto bo‘yicha optimumni aniqlash uchun, biz «O‘yinning 
istalgan boshqa yakuniga o‘tish bir vaqtning o‘zida ikkala ishtirokchi uchun ham foydalilikning 
oshishini ta‘minlaydimi?» degan savolga javob berayotib, o‘yinning barcha to‘rtta yakunini 
izchil tanlab olishimiz zarur. Masalan, (-3; -2) yakundan biz ko‘rsatilgan shartni bajarayotib, 
istalgan boshqa yakunga o‘tishimiz mumkin. Faqat (4; 4) yakundan biz, bunda o‘yinchilardan 
hech birining foydaliligini kamaytirmagan holda, harakatlana olmaymiz va bu Pareto bo‘yicha – 
R muvozanat bo‘ladi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin