8
holatida‖ asos qilib olingan bo‘lib, unda qandaydir insoniy munosabatlar mavjud,
lekin
institutlarsiz; institutlar urf-odatlar va qoidalar bilan birgalikda paydo bo‘lishi, so‘ngra esa
insonlar tomonidan qonuniyat sifatida ochilishi hisobga olinmaydi. Masalan, K.Magner pulning
paydo bo‘lishi muammosini tadqiq etishni jamiyatning unda pul mavjud bo‘lmagan institutlardan
holi bo‘lgan holatini tahlil qilishdan boshlab, so‘ngra esa ularning paydo bo‘lishiga
individual
agentlarning oqilona qarorlari natijasi sifatida qaraydi. O.Uilyamson ham asos sifatida
institutlardan holi makon – institutlarsiz bozorni ko‘rib chiqadi, so‘ngra
esa transaktsiya
xarajatlarini qisqartiruvchi tuzilmalar sifatida firmalarning paydo bo‘lishini tadqiq etgan.
J.Xodjsonning fikricha [55], neoinstitutsional olamning bunday taxmini noto‘g‘ri, chunki
jamiyat azaldan institutsionallashgan.
Ushbu xulosa, uning ta‘kidlashicha, ko‘plab
iqtisodchilarning ―eski‖ maktab institutsionalistlarining g‘oyalariga qaytishiga sabab bo‘ldi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ―yangi‖ institutsional maktab, neoinstitutsional nazariya
va yangi institutsional iqtisodiyot – bularning barchasi bitta narsa emas. ―Yangi‖ maktab,
R.Nureevning fikricha, o‘z asoslariga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi ikkita so‘nggi yo‘nalish:
neoinstitutsionalizm uchun neoklassik nazariya va yangi institutsional iqtisodiyot uchun ―eski‖
institutsionalizm yo‘nalishlariga asos bo‘lib xizmat qildi.
Yangi institutsional iqtisodiyot vakillari tomonidan nafaqat ushbu yo‘nalish
doirasida,
balki boshqa yo‘nalishlar doirasida ham tan olinib, keng qo‘llanilgan
bir necha nazariya ishlab
chiqildi. Bular o‘yinlar nazariyasi (J. Fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh) va to‘liqsiz
oqilonalik nazariyasi (G.Saymon) hisoblanadi [30]. Yangi institutsional
iqtisodiyotning hozirgi
zamon ishlanmalarini frantsuz maktabi iqtisodchilari – L.Teveno, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye
va boshqalar ishlarida uchratish mumkin [30, 31].
Biroq, institutsionalistlarning bahs-munozaralari bir yo‘nalishning boshq yo‘nalishdan
ustunligini isbotlashga qaratilgan. Bir qator iqtisodchilar, xususan, T.Eggertsonning
ta‘kidlashicha
6
, ―faqat vaqt munozaralarda hakam sifatida ishtirok etishi mumkin.
Aynan
metodologik
ziddiyatlar
tufayli
J.R.Kommons
boshchiligidagi
eski
amerika
institutsionalistlarining urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki, 1984 yilda R.Kouz
yozganidek, ―hech qanday nazariyaga ega bo‘lmagan ular (amerika institutsionalistlari) hali
anglab etishni talab etuvchi quruq izohli materialdan boshqa hech narsani taklif eta olishmadi‖.
Dostları ilə paylaş: