9
kelib shakllandi. Neoinstitutsionalizmning ayrim variantlarida o‘yinlar nazariyasidan
foydalaniladi. Ayrim neoinstitutsionalistlar o‘z tadqiqotlarida evolyutsion nazariya qoidalariga
tayanadi.
Biroq,
ularning
o‘xshashligiga
qaramay,
neoinstitutsional
va
neoklassik
yondashuvlarining metodologik xususiyatlarini belgilab beruvchi bir qator farqlarni ajratish
mumkin.
Neoinstitutsional nazariya ijtimoiy jarayonning real faoliyat ko‘rsatuvchi
ishtirokchilari
sifatida guruhlar yoki tashkilotlarni emas, balki alohida individlarni o‘rganadi. Shu tariqa
tashkilotlar ichida individlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar turli tashkiliy
tuzilmalarning mavjud bo‘lishini izohlash uchun hal qiluvchi omil hisoblanib, neoinstitutsional
nazariyani o‘rganish ob‘ekti
sanaladi, ayni paytda neoklassik nazariyada firma ―qora quti‖
sifatida ko‘rib chiqildi. Firmaning paydo bo‘lishi masalalari ham neoklassiklar nazaridan chetda
qoldi, ayni paytda neoinstitutsional yo‘nalish vakillarining ko‘plab ishlari, shu jumladan R.Kouz
ishlari [30]ning maqsadi ―firmaning mavjud bo‘lishini izohlash va uning faoliyati ko‘lamlarini
belgilab beruvchi sabablarni qidirib topishdan iborat bo‘ldi‖.
Ta‘kidlash lozimki, metodologik individualizm bir qator jarayonlarni tadqiq etish uchun
ancha jiddiy cheklovlarni belgilaydi. Masalan, davlatni yagona, uyg‘unlashgan tarzda foliyat
ko‘rsatuvchi, bo‘linmas organizm sifatida aniq tasavvur qilishga to‘liq tayangan tadqiqotni
amalga oshirish muammoga aylandi; davlatning maqsadli funktsiyasini ko‘paytirishga, individlar
funktsiyalarining qismi (agregati) hisoblanmaydigan o‘ziga xos ―ijtimoiy ne‘mat funktsiyasi‖ga
asoslangan yondashuvlardan foydalanish ham qiyindek tuyuladi. Ikkinchi tomondan, bunday
asos tadqiqot natijasida olinadigan xulosalarning amaliyot nuqtai nazaridan ahamiyatini
yanada
oshiradi, chunki ular real ma‘lumotlarga asoslanadi.
Individlar va institutlarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil etishda boshlang‘ich nuqtaga
nisbatan ikkita tamoyil mavjud. Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda
xatti-harakatlari orqali tushuntiriladi va
metodologik individualizm
deb nomlanadi
.
Ya‘ni, individ
institutlarni tahlil qilishda boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. Masalan, davlatni tavsiflashda uning
fuqarolarining manfaatlari va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi. Metodologik
individualizm tamoyilining davomi
ichki sabab natijasida vujudga kelgan evolyutsiya
kontseptsiyasidir. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, institutlar insonlarning
harakatlari natijasida
paydo bo‘ladi degan taxmin ilgari suriladi. Ya‘ni, individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi
o‘rin tutishi to‘g‘risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida o‘z aksini topgan.
Aksincha, tahlil uchun boshlang‘ich nuqta sifatida individlar emas, balki institutlar
belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo‘ladi. Shu tariqa ikkinchi tamoyilda
xolizm
metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar institutlarning ta‘rifidan kelib
chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o‘zlari makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab
chiqarishda bajaradigan funktsiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o‘z
hukumatini emas,
balki hukumat ma‘lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko‘maklashadi. So‘ngra, ichki sabab
natijasida vujudga kelgan evolyutsiya kontseptsiyasiga
institutsional determinizm
g‘oyasi qarshi
turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar – o‘tmishda sodir bo‘lgan
«jarayonlar natijasi» bo‘lib, ular o‘tmish holatlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy
mo‘rtlik, ruhiy omili hisoblanadi va barcha keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi.
Shunday qilib, xolizmda individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o‘zaro
hamkorigini oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali izohlanadi. Ya‘ni, bunda
institutlar birlamchi, individlar esa, ikkilamchi o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: