Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
Xulosa 
Shartnoma muayyan bitimlarni amalga oshirishning institutsional doiralarini o‘zida 
namoyon etadi. Har qanday institut singari, shartnoma nafaqat o‘zaro hamkorlikni chegaralaydi, 
balki uning uchun zamin yaratadi, bu hol ayniqsa bitimlarni tuzish va amalga oshirish 
lahzalarining vaqt bo‘yicha mos kelmasligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday turdagi bitimlar 
ular ishtirokchilarining maqsadlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning paydo bo‘lishi xatari bilan 
bog‘liq. Insonlar xatarni qabul qilish darajasi bo‘yicha farq qiladi, bu esa ikki turdagi 
shartnomalarning – xatarga betaraf bo‘lgan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 
sotish to‘g‘risidagi shartnoma hamda xatarga betaraf bo‘lgan va xatarga qarshi insonlarga o‘zaro 
hamkorlik qilish imkonini beruvchi yollash to‘g‘risidagi shartnomaning mavjud bo‘lishini 
izohlaydi. 
Tashkilot kichiklashgan buyruqbozlik iqtisodiyotini o‘zida namoyon etadi. Tashkilot 
ichki o‘sishining cheklanishlari aynan shu bilan bog‘liq: tashkilot ko‘lamlarining kengayishi 
monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlarining oshishiga olib keladi. Institut (bozor) 


27 
bilan tashkilot (firma) o‘rtasidagi eng aniq chegara quyidagi ko‘rsatkichlar darajasini baholash 
yordamida aniqlanadi: aktivlarning o‘ziga xosligi, noaniqlik, bitim tomonlarining xatarga 
moyilligi, bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish bahosi bilan xufyonalik 
bahosining o‘zaro nisbati. 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Siz bugun qanday xildagi shartnomalarni tuzishingizga to‘g‘ri keldi? Amalga 
oshirilgan bitimlardan birini shu nuqtai nazardan tavsiflang. 
2.
«Lavz puldan ham qimmat» degan mashhur maqolni institutsional nuqtai nazardan 
talqin eting. Unda qanaqa shartnoma ideali o‘z aksini topgan? 
3.
Bugungi kunda Siz qanday eng o‘ziga xos aktivga egasiz? Javobingizni asoslang. 
4.
Institut va tashkilot kategoriyalaridan foydalangan holda institutsional yondashuv 
asosida siyosiy partiya bilan ijtimoiy-siyosiy harakat o‘rtasidagi farqni izohlang. 
5.
Yollash to‘g‘risidagi shartnomaning institutsional va marksistik talqinini taqqoslang.
6.
Nima uchun implitsit shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan 
nizolarni hal etish uchun uchinchi tomonni jalb etishga zarurat yo‘q?
7.
Firmaning tabiatini tushuntirishga nisbatan institutsional yondashuv va Frenk Nayt 
bilan namoyon etilgan Avstriya maktabining yondashuvini qanchalik taqqoslash mumkin?
8.
Qishloq xo‘jaligida qanday maqsadlar uchun shartnomalar tuziladi va shartnoma 
shartlarining bajarilishini nazorat qilish monitoringining o‘ziga xos xususiyatlariga nimalar 
kiradi?

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin