Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

3. J firma.
Matsashika Aoki tomonidan 
J
firma deb nomlangan Yaponiya firmasi 
Amerika firmasidan katta farq qiladi. 
J
firmada «printsipal» maqomini faqat mulkdorlarning turli 
toifalari o‘rtasida aktsiyalarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi statistika ma‘lumotlari asosida 
aniqlash qiyin. Ushbu ma‘lumotlar faqatgina yapon firmalarida ham, huddi AQShda bo‘lgani 
kabi, yakka aktsiyadorlar «printsipal» hisoblanmaydi, deb ta‘kidlash imkonini beradi. Agar 1949 
yilda yapon kompaniyalari aktsiyalarining taxminan 70 foizi yakka aktsiyadorlarga tegishli 
bo‘lgan bo‘lsa (eslatib o‘tamiz, urushdan keyingi davrda gap institutni - 
A
firmani - Yaponiyaga 
import qilish haqida bordi), 80-yillarning oxiriga kelib ularning qo‘lida faqatgina aktsiyalarning 
24 foizi qoldi. 
J
firma aktsiyalarining 42 foizi moliyaviy institutlarga, 25 foizi urushdan avvalgi 
«dzaybats» xilidagi xoldinglarga tegishli
24

Biroq yapon firmalarini tahlil qilishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchilik – bu faqat turli 
harakatni belgilab beruvchi hujjjatlarga biriktirilgan rasmiy ma‘lumotlarga tayanishning imkoni 
yo‘qligi. Ochiq mulkdorlar safida 
J
firma xodimlari mavjud emasligiga qaramay, ular amalda o‘z 
firmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda bevosita ishtirok etishadi. M.Aoki 
«printsipal» rolida bir vaqtning o‘zida tashqi aktsiyadorlar ham, «insayderlar» - korxona 
xodimlari ham ishtirok etadigan vaziyatni yoritish uchun «ikki tomonlama nazorat» atamasini 
taklif etdi. Bunda nazorat sohalari aktsiyadorlar va xodimlar o‘rtasida aniq bo‘lingan. Yirik 
aktsiyadorlar, birinchi navbatda banklar, korxona o‘z aktsiyasi uchun daromadning qulay 
(maksimal emas!) darajasini ta‘minlagunga qadar joriy nazoratdan bosh tortishadi. Bu bilan 
24
Aoki M. Economic Japonaisc. Information, motivations et marchandage. Paris: Economica, 1991, p. 128, 
135. 


36 
ularning o‘zlari joriy nazoratni firma xodimlarining o‘zlariga ishonib topshiradilar. Bu erda gap 
qisqa muddatli shartnomalar asosida yollangan xodimlar haqida emas, balki doimiy xodimlar 
haqida ketayapti.
Shunday qilib, yapon firmasi «agentlar» ittifoqi modeliga juda yaqin va unda «printsipal-
agent» xilidagi klassik munosabatlar mavjud emas. Ushbu fikr quyidagi faktlar bilan ham 
tasdiqlanadi. Birinchidan, 
J
firmada xodimlarni bo‘linmalar va bajariladigan funktsiyalar 
bo‘yicha bo‘lishdan faol foydalaniladi: o‘zaro bog‘liq operatsiyalarni bajarishga ham, rahbarlik 
funktsiyasini amalga oshirishga ham qodir bo‘lgan universal xodim ideal hisoblanadi. Masalan, 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi muhandislarni ishlab chiqarish 
jarayoniga safarbar etish amaliyoti, va aksincha, «chiziqli» muhandislarning tajriba-
konstruktorlik byurosidagi har yillik amaliyoti ko‘proq gorizontal muvofiqlashuvga misol 
bo‘ladi. Muvofiqlashuvning gorizontal tamoyillari firma ichida axborot oqimlari aylanishini 
shunchalik optimallashtirish imkonini beradiki, bo‘linmalar shiddat bilan ishlab va zarurat 
tug‘ilishiga qarab yangi mahsulot to‘plamlarini boshqa bo‘linmalarga buyurtma qilgani holda, 
sug‘urta va butlovchi qismlar zahiralarini barpo etmasdan faoliyat ko‘rsatishda davom etishadi. 
Ikkinchidan, o‘rin almashish tamoyili xodimlarning mansab bo‘yicha o‘sishlarini 
rejalashtirishning asosida yotadi. 
J
firmada daraja pag‘onasi amal qiladi, ya‘ni xodimlar 
mehnatiga haq to‘lash va ularning ijtimoiy maqomi ishlab chiqarish o‘lchami bilan emas, balki 
firma ichidagi pog‘onaning darajasi bilan belgilanadi. Yangidan ishga qabul qilingan xodim 
uchun lavozimda o‘sish past pag‘onalardan boshlanib, uning butun mehnat faoliyati mobaynida 
davom etadi. Shunisi qiziqki, aktsiyador banklar ham, 
J
firma ham, uning hamkorlari (o‘zaro 
bog‘liq korxonalar) ham darajalarning yagona ierarxiyasini hosil qiladi. Shuning uchun 
xodimning mansabda ko‘tarilishi korxonadan boshlanib bankda yoki hamkor firmada davom 
etishi mumkin va aksincha. 
Yaponiya korporatsiyasi agentlar ittifoqi tomonidan nazorat qilinadi, bu firmaning 
maqsadli funktsiyasini o‘zgartiradi: foydani ko‘paytirish uning maqsadlari ierarxiyasida endi 
daslabki o‘rinni egallamaydi. Firma tomonidan nazorat qilinadigan bozor ulushining uzluksiz 
o‘sishini ta‘minlash birinchi o‘rinda turadi, chunki bunday o‘sish tashkiliy o‘zgartirish, tuzilmani 
kengaytirish va rivojlantirish uchun zamin yaratadi.O‘sish uni ta‘minlaganlarni mukofotlaydi, - 
tamoyili aynan yapon firmalariga nisbatan to‘g‘ri, ularda tashkiliy o‘zgartirish darajalarining 
sonini oshiradi va, demak, uning xodimlarining mansabdagi o‘sishini yaxshilaydi. Boshqacha 
aytganda, aktsiyadorlarni ham, xodimlarni ham nazorat qilish ishlab chiqarish va sotuv hajmini 
oshirish orqali firmani tashkiliy yuqori rentani oshirishga yo‘naltiradi: faqat ana shunday maqsad 
turli mulkdorlarning manfaatlarini tenglashtiradi. 
J
firmaning uning asosiy hamkorlari – o‘zaro bog‘liq korxonalar va davlat bilan o‘zaro 
munosabatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, har bir firma kvazidoimiy o‘zaro bog‘liq korxonalar – 
«keyretsu» doirasiga ega. Bunda «Toyota» xilidagi yirik korporatsiyalarda o‘zaro bog‘liq 
korxonalar bosh firma atrofida uchta qatorga guruhlanadi. Birinchisi – eng barqaror firmalar 
(neoklassik shartnoma asosida ishlovchi bunday o‘zaro bog‘liq korxonalarning soni «Toyota»da 
122 ta), ikkinchisi – bozordagi vaziyat tubdan o‘zgargan holatda ular bilan munosabatlar uzilishi 
mumkin bo‘lgan (5437 ta) firmalar, uchinchisi - qisqa muddatli shartnomalar asosida ishlovchi 
etkazib beruvchilardan (41703 ta firma) tarkib topadi. «Keyretsu»ni tuzishda o‘zaro bog‘liq 
korxonalarning nufuzi asosida transaktsiya xarajatlarini tejash omiliga xatarni bo‘lish omili 
qo‘shimcha qilinadi: bozor kon‘yunkturasining asosiy ta‘sirini ikkinchi va ayniqsa uchinchi 
qator tarkibidagi o‘zaro bog‘liq korxonalar o‘zlarida his etishadi.
Davlat bilan munosabatlarga kelsak, 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin