Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Tashkiliy madaniyat
– tashkilot a‘zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga 
soluvchi va ularning jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi hisoblangan me‘yorlar, qoidalar 
va an‘analar yig‘indisi. 
Ikkinchidan, tashkilotning kundalik faoliyat ko‘rsatishida 
mutaassiblik 
muhim o‘rin 
tutadi. Bu o‘rinda mutaassiblik harakatni uni muntazam takrorlash orqali esda saqlab qolish 
sifatida belgilanadi. Mutaassiblik tashkilot a‘zolari ichida axborot almashuvini ta‘minlashda 
markaziy o‘rin tutadi: u ularning xabarni olish, talqin etish, ifodalash va uzatish qobiliyatining 
asosida yotadi. Har bir tashkilot o‘zining tashkiliy «dialektiga» ega, hech bir tashkilotda «sof»
o‘zbek tilida ham, «sof» rus tilida ham gaplashilmaydi.
Bundan tashqari, agar nazorat tadbiri mutaassiblik xususiyatiga ega bo‘lsa, nazoratni 
amalga oshirish ancha engillashadi. Universitet hayotidan misol keltirgan holda ta‘kidlash 
mumkinki, talabalar davomatining mutaassiblik xususiyati (seminar boshida yoki oxirida) faqat 
shu gal
davomatni tekshirishni eslaridan chiqarishiga umid qilish bilan asoslangan dars 
qoldirishlarning oldini oladi. Demak, tashkilot ichida axborot asimmetriyasini pasaytirish va 
nazoratni osonlashtirish orqali «printsipal-agent» muammosini hal etishga ko‘maklashgan holda 


33 
mutaassiblik ayni paytda uning a‘zolari o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro munosabatlarning 
takrorlanishiga olib keladi.
Berilgan traektoriya bo‘yicha harakat tashkiliy madaniyat va mutaassibliklar asosida 
«printsipal» bilan «agent» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma‘lum xiliga ega bo‘linishi va 
mustahkamlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun tashkiliy rivojlanishning boshlang‘ich 
nuqtasi hisoblangan vaziyatni bilish lozim – u boshda keyingi evolyutsiyaning barcha 
variantlarini o‘zida mujassamlantiradi. Chunki beqaror muhitda unitar firma transaktsiya 
xarajatlarini tejash nuqtai nazaridan juda yomon ko‘rsatkichlarga ega, lekin u barqaror 
sharoitdagi moslashuvchan tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lgan firmaga nisbatan samarali va 
bardoshli bo‘lishi mumkin. Demak, beqarorlik sharoitida shakllangan va firmaning keyingi 
rivojlanishini belgilab bergan firmaning ichki tuzilishi tashqi muhit barqarorlashadigan 
kelajakdagi yo‘qotishlarni belgilab beradi. Hayratlanarlisi shundaki, qisqa muddatli istiqbolda 
optimal bo‘lmagan tuzilma uzoq muddatli istiqbolda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Aynan 
ushbu holatni dastlabki bosqichda yo‘qotishlarga olib kelgan va keyingi bosqichlarda ustunlikni 
ta‘minlagan o‘z evolyutsiyasini yuqori darajadagi integratsiya va tuzilmani markazlashtirishdan 
boshlagan Yaponiya firmalarining urushdan keyingi rivojlanishi misolida ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin