Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
2. Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli
Firmaning faoliyat ko‘rsatishini ko‘rib chiqishda biz mutaassiblikning axborot olish 
xarajatlari va monitoring hamda opportunistiklikdan ogohlantirish xarajatlarini pasaytirishdagi 
rolini alohida ko‘rsatdik. Firmadan farqli ravishda, uy xo‘jaligining faoliyati ko‘proq 
mutaassiblik xususiyatiga ega. Buning sababi umuman transaktsiya xarajatlarini tejashda emas, 
chunki uy xo‘jaligi doirasida barcha o‘zaro munosabatlar ajratilgan bo‘lib, nazorat qilish oson, 
shuningdek ijtimoiy choralarni qo‘llash uchun imkoniyatlar mavjud. Mutaassibliklar rolini 
izohlash yo‘llari bir nechta. 
Birinchidan, o‘z atrofida o‘ziga ma‘qul keladigan muhitni yaratishga bo‘lgan ehtiyoj 
insonga xos xususiyatdir. Bozorda yoki fuqarolik kelishuvi sohasida harakat qila turib, inson xoh 
u bozor kon‘yunkturasi yoki siyosiy beqarorlik bo‘lsin, o‘zgaruvchan holatlar bilan bog‘liq 
asablarning taranglashuviga doimiy ravishda duch kelib turadi. Oila va uy xo‘jaligini tashkil 
etish insonga o‘zini kundalik hayotining bir qismini mutaassiblik yordamida, ya‘ni uzluksizlik va 
oldindan bilish tamoyillariga muvofiq ravishda tashkil etish imkonini beradi. Odatiy kundalik 
hayot monandlik, insonning shaxsiy xususiyatlariga moslashgan holda xarakatlarning ajrimligi 
va oldindan aytib berilishini ta‘minlovchi mutaassibliklar doirasida kechadi. 
Aynan mutaassiblik bilan himoyalangan kenglik doirasida dastlab ishonch me‘yori paydo 
bo‘ladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bolada atrofdagi odamlarga bo‘lgan ishonchning paydo 
bo‘lishi ota-onalarning hatti-xarakatlariga bog‘liq, chunki ular bola unda o‘zini juda qulay his 
qiladigan tashqi muhitdan himoyalangan kenglikni hosil qilgan holda u haqida qayg‘urishadi. 
Ushbu kenglikda bola o‘z hatti-harakatlarini to‘liq nazorat qila oladi, harakatlari natijasiga tashqi 
omillar deyarli ta‘sir qilmaydi. 


70 
Ikkinchidan, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi ko‘plab ―o‘yin qoidalari‖ 
(kelishuvlar: bozor, industrial, fuqarolik va b.) mavjud sharoitda insonda u o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz 
qolishi mumkin bo‘lgan sohani shakllantirishga ehtiyoj tug‘iladi. Boshqacha aytganda, insonda 
o‘zi uchun kundalik hayotning uning boshqa kishilar va tabiat bilan muloqot aloqalari uning 
shaxsiyatli o‘xshashlikka erishishi va uni saqlashga ko‘maklashuvchi muhitni yaratish ehtiyoji 
mavjud. Ushbu talab ikki sohani – shaxsiy va oshkora hayotni chegaralash orqali amalga 
oshiriladi. Shaxsiy hayot sohasi oila va uy xo‘jaligini ham o‘z ichiga olib, oshkora hayot 
sohasidan shaxsiy hayotga aralashmaslikning qonuniy kafolatlari va mutaassibliklar bilan 
chegaralangan. Aynan insonning o‘zi tomonidan va uning ehtiyojlari zamirida barpo etilgan 
mutaassibliklar u o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qoladigan kenglikni chegaralaydi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin