Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


Fanni o’qitish maqsadi va vazifalari



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Fanni o’qitish maqsadi va vazifalari 
Fanning maqsadi:
―Institutsional iqtisodiyot‖ fani «5230100-Iqtisodiyot» bakalavriat 
ta‘lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. 
Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi – talabalarda iqtisodiy nazariya va xo‘jalik amaliyotini 
institutsional o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligida o‘rganuvchi zamonaviy iqtisodiy fikrlarning 
ilmiy yo‘nalishlari hamda ijtimoiy soha iqtisodiyotini ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti tamoyillari bo‘yicha bilimlar majmuini shakllantirish bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga 
mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. 
Fanning vazifalari:
yuqorida qo‘yilgan maqsadlar asosida ―Institutsional iqtisodiyot‖
fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: 


89 
- institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli; 
- transaktsiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan 
yondashuvlar; 
- xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari, turlarining tasnifi va uni baholashga 
nisbatan yondashuvlar;
- tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o‘rtasidagi chegara; 
- davlatning institutsional tabiati; 
- uy xo‘jaligi faoliyati; 
Fan yakunida talabalar
– institutsional iqtisodiyot, uning tarkibi, institutlarning jamiyat 
rivojlanishidagi roli, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning hulq-atvori, bozor va ma‘muriy mexanizmlarning faoliyat 
ko‘rsatishi, iqtisodiy o‘sish va shu kabi boshqa bir qator jarayonlar va hodisalar, ijtimoiy soha 
iqtisodiyotining mazmuni, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tamoyillari haqida 
yaxlit tasavvur, tushuncha va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar 
―Institutsional iqtisodiyot‖ o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:

Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli; 

O‘yinlar nazariyasi va o‘zaro hamkorliklarni modellashtirish

Reja va bozor institutlari

Transaktsiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan 
yondashuvlar

Xufyona iqtisodiyot

Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyutsiyasi

Shartnomalar nazariyasi

Firma nazariyasi

Tashkilotni amaliy tahlil qilish nazariyasi

Uy xo‘jaligi va uning xillari

Institutsional birliklar faoliyatini, turlarini, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil 
qilish; ijtimoiy siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berish; ijtimoiy siyosatning 
natijalarini prognoz qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin