tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat
konsonans
sifatida
xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar
o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.[2]
S.Shexterning kognitiv-
fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional
holat qabul qilin
adigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga
insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar
axborot beruvchi
konsepsiyasi
ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ
dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan
belgilanadi
. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual
tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar,
vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan
holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H
= E (M
–
A), bunda H
–
hissiyot, uning kuchi va sifati; E
–
dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga
xos xususiyati; M
–
dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A –
ayni paytda
ins
onda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.[2]
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar
mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan
inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar
yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv
baholanishi yuqori
bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish
imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.P. Pavlov
tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi,
tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi,
po‘stloq osti
markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan.
YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi
ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni ke
ltirish mumkin. Miya
katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi
muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z
yoshlarga
sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa,
ba’zan xursandchilik sezadilar.
Inson hissiyotli kechinmalarida
Dostları ilə paylaş: