Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
47
foydalanadi. Bundan tashqari Hindiston
tillari guruhiga quyidagi
tillar kiradi:
1.
Bengal tili
. Bu tilda 100 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
2.
Maratxi tili
. bu tilda 40 milliondan oshiq kishi so‘zlashadi.
3.
Panjob tili
. Bu tilda 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
4.
Rajastoni tili
. Bu tilda 20 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
5.
Gujarati tili
. Bu tilda 20 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Hindistonda yashaydi.
Hind tillari guruhiga lo‘li, sindxi tillari,
shuningdek, o‘lik tillardan
sanskrit, pali, prokrit tillari kiradi. Sanskrit tili qadimgi hind mumtoz
adabiy tili bo‘lib, bu tilda
“Mahabxarata”
(”Bxaratlarning
buyuk
jangi haqida doston”) hamda “Xito padesha” (”Yaxshi nasihat”) kabi
bir qancha ajoyib epik asarlar yaratilgan. Bizning eramizdan oldingi
IV asrda hind olimi Panini o‘zining mashhur “Sanskrit
grammatikasi” asarini yaratgan.
2.
Eron tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
fors tili.
Bu tilda 30 millionga yaqin kishi so‘zlashadi, u
Eronning (poytaxti Tehron) davlat tili bo‘lib, arab yozuvidan
foydalanadi;
b)
pushtu-dari tillari.
Bu tillarda 15
millionga yaqin kishi
so‘zlashadi. U Afg‘onistonning (poytaxti Kobul) davlat tili bo‘lib,
unda arab yozuvidan foydalaniladi;
v)
kurd tili.
3 milliondan ortiq bo‘lgan kurd xalqi Eronda, Iroqda,
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
mamlakatlarida va Turkiyada
yashaydi;
g)
tojik tili.
Bu til Tojikiston respublikasining (poytaxti
Dushanbe) davlat tili bo‘lib, bu tilda ikki milliondan ortiq kishi
so‘zlashadi.
d)
osetin tili.
Bu til Osetiya respublikasining davlat tili bo‘lib, bu
tilda 550 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
e)
baluchi tili
. Bu tilda so‘zlovchilar
Pokistonda va Eronda
yashaydi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
48
Eron tillari guruhiga
bulardan tashqari tolish tili, tog‘ tili, o‘lik
tillardan esa qadimgi fors, pahlavi, sug‘du, xorazmiy tillari kiradi.
3.
Dostları ilə paylaş: