Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
50
so‘zlashadi;
e)
moldava tili
. Bu til Moldaviya respublikasining (poytaxti
Kishinev) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi
so‘zlashadi;
j)
provansal tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 milliondan ko‘p
kishi bo‘lib, ular Fransiyaning janubi-sharqida yashaydi;
z)
sardin tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq bo‘lib,
ular Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi;
i)
katalan tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar besh milliondan oshiq
kishi bo‘lib, ular asosan, Ispaniyada yashaydi;
k)
reto-roman tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 550 ming kishi
bo‘lib, ularning aksariyati Italiyada yashaydi.
O‘lik tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: