Muallifdan


 Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

2. Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) 
chechen tili.
Bu til Chechen respublikasida yashovchi 
xalqlarning davlat tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi 
so‘zlashadi;
b) 
ingush tili
(bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi, 
ular Ingush respublikasida yashaydi);
g) 
basbi tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush 
Respublikalarida yashaydi. 
3. Dog‘iston guruhiga Dog‘iston respublikasida yashovchi 
xalqlarning tillari kiradi:

a) avar
tili.
Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) 
dargin tili
. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v) 
lazgin tili.
Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) 
lak tili.
Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
e) 
tabassaran tili
. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham 
dog‘iston guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati 
Dog‘iston Avtonom Respublikasida yashaydi.
4. Janubiy guruhga gruzin tili 
kiradi. Gruzin tili Gruziya 
respublikasining (poytaxti Tbilisi) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,5 
milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
53 
53
Shuningdek, 110 ming kishi so‘zlashadigan chan tili, 290 ming 
kishi so‘zlashadigan migrel tili va 15 ming kishi so‘zlashadigan svan 
tili ham janubiy guruhga kiradi.
IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga:
1) ugor tillari; 2) fin tillari 
guruhiga bo‘linadi.
1. 
Ugor tillariga quyidagilar kiradi:
a) 
venger (mojar) tili.
Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti 
Budapesht) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 milliondan ko‘p kishi 
so‘zlashadi;
b) 
mansi tili
. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi 
xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 mingga yaqin kishi 
so‘zlashadi;
v) 
xanti tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 22 mingdan ko‘p bo‘lib, 
ular ham Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydilar.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin