Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 turk, turkiy, turk ulusi, turk tili, 
turkiy til, turkiy alfoz 
kabi so‘z va iboralarni keng qo‘llagan. 
Turkiy tillarda so‘zlashuvchi yana shunday elatlar mavjudki, 
ularning ona tilisi asosan maishiy hayotda foydalaniladi,bu tilning 
ijtimoiy vazifasi juda chegaralangan. Ular o‘zlarining rasmiy 
yozuvlariga ega emas. Zarurat tug‘ilganda, eski alifbodan 
foydalanadilar. Bunga karaim, shor, chulim tillari kiradi. Ushbu tillar 
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. 
Turkiy tillda so‘zlashuvchi xalqlar Afg‘oniston, Eron, Xitoy, 
Yugoslaviya, Albaniya, Gretsiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda 
ham yashaydi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va 
Qoraqalpog‘istonda ham bu tilda so‘zlashuvchi millionlab o‘zbeklar 
istiqomat qiladi. 
Turkiy tillarning taraqqiyot xususiyatlarini o‘zbek tili tarixiy 
taraqqiyoti misolida kuzatish mumkin. Bu jihatdan qadimgi turkiy til 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64 
64
xususiyatlari o‘ziga xosdir. 
Qadimgi turkiy tilda so‘zlar ham, morfemalar ham, qattiq va 
yumshoq turlarga bo‘linadi. Qadimgi turkiy tilda birlamchi cho‘ziq 
unlilar ham farqlangan. Undoshlardan jarangli va jarangsiz uyg‘unlik 
bor. 
Qadimgi turkiy adabiy tili morfem tuzilishining hozirgi o‘zbek 
adabiy tili bilan mos keluvchi va farq qiluvchi tomonlari bor. Ba’zi 
shakllar iste’moldan chiqqan bo‘lsa, ba’zilarning vazifasi o‘zgargan. 
Ayrimlari turli fonetik o‘zgarishlarda hozirgi tilimizda ham uchraydi. 
Qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
saqlanmagan, lekin umumxalq tilida yoki boshqa turkiy tillarda 
uchraydiganlari ham bor. Qadimgi turkiy tilda faol sanalgan ayrim 
shakllar hozirgi o‘zbek tilida qoldiq sifatida ham uchrashi mumkin.
Ma’lumki, davr o‘tishi bilan morfemalar ma’no o‘zgarishiga 
uchrashi mumkin; so‘z-morfema ham, affiks-morfema ham o‘z 
ma’nosini yo‘qotadi. Yani ulardan biri iste’moldan chiqadi. Shunda 
tarixan mustaqil morfemalar bir so‘zga aylanib, hozirgi paytda 
ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan bo‘lib qoladi. Jumladan, hozirgi 
boshla, ishla so‘zlarini osonlik bilan ikki morfemaga ajrata olamiz. 
Ular qadimda ham shunday bo‘lingan: bosh-la, ish-la. Lekin ula so‘zi 
tilimizda ikkiga ajralmaydi. Qadimgi turkiy tilda ikki morfemaga 
bo‘lingan: u -bog‘, -la- fe’l yasovchi.
Qadimgi turkiy til morfemalari hozirgi adabiy tilimizdagidan 
fonetik variantlarining mayjudligi bilan farqlanadi. Hozirgi adabiy 
tilimda ko‘proq morfologik prinsipga amal qilinsa, o‘tmishda fonetik 
prinsip ustun bo‘lgan. Yani talaffuz qanday bo‘lsa, yozuvda ham 
ko‘proq shunga amal qilingan va bu adabiy til me’yori hisoblangan. 
Turkiy tillarning grammatik qurilishi 
Turkiy tillar faqat genetik jihatdan qarindosh tillar bo‘lib 
qolmasdan, ayni paytda tipologik jihatdan ham bir xil. Tillarning 
morfologik klassifikatsiyasi bo‘yicha agglutinativ tillar guruhiga 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65 
65
kiradi. Turkiy agglutinativ tillarning o‘ziga xos xususiyati 
quyidagilardan iborat: 
1.So‘z doimo o‘zakdan boshlanadi. 
2.O‘zak, asosan o‘zgarmasdir. O‘zakdan keyin qo‘shilgan har 
qanday affiks o‘zakni fonetik jihatdan o‘zgartirmaydi. 
3.So‘z formalari asosan affikslar vositasida hosil qilinadi. 
4.So‘z formalari hosil qilishda supplitiv formalar mutlaqo ishtirok 
etmaydi, ya’ni bir so‘zning turli formalari faqat bir o‘zakdan hosil 
qilinadi. 
5.O‘zak va affiks organik birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara 
aksariyat hollarda aniq va ravshan bo‘ladi. Masalan, boshlandi so‘z 
formasida bosh – o‘zak, - la- fe’l yasovchi affiks va di – zamon 
yasovchi: bular bir-biridan aniq ajralib turadi. 
6. Har bir grammatik ma’noni ifoda etishda alohida affiks 
qo‘shiladi, shuning uchun bir so‘z formasida bir necha affiks ketma- 
ket, bir qatorda keladi. 
Turkiy tillarda so‘z o‘zak va affikslarga ajratiladi. O‘zak turkiy 
tillarda fonetik jihatdan tubandagi ko‘rinishlarga ega (v-unli, c-
undosh): v-u; vc- ol, ot, cv-na, ma; cvc- bosh, go‘l, yoz; vcc –ont, 
ust; cvcv – bola. 
Grammatik son kotegoriyasi. Gramatik son kotegoriyasi odatda 
birlik va ko‘plikdagi formalarning oppozitsiyasidan tashkil topadi. 
Birlik turkiy tillarda nol ko‘rsatkichli bo‘lsa, ko‘plik-lar va uning 
turli variantlari yordamida ifodalanadi, lekin turkologiyada turkiy 
tillardagi grammatik son kotegoriyasi formalarini boshqacha 
ifodalash ham mavjud. Bu nuqtayi nazarga ko‘ra turkiy tillarda 
grammatik son kotegoriyasi “birlik” va “ko‘plik” formalariga ega 
emas. Turkiy tillarda –lar affiksi olmagan otlar umumlashgan 
predmet nomini bildiradi Turkiy tillardagi ko‘plik formasi 
hisoblangan –lar, ko‘plik ma’nosini ifodalashdan tashqari, boshqa 
funksiyalarni ham bajarish xususiyatiga ega. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66 
66

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin