Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
63
imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslab berdi.
O‘zbeklar yirik turkiy xalqlardan bo‘lib, tarixiy manbalarining
guvohlik berishicha, ularning ota-bobolari qadimdan O‘rta Osiyo
hududining asosiy aholisi bo‘lgan.
O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, o‘tmishdan tortib,
XIX asrning II yarmigacha turk, sart, chig‘atoy va nihoyat o‘zbek
atamalari bilan yuritilib kelingan.
Turk atamasi haqida. Dastavval o‘zbek xalqi turk nomi bilan
yuritilgan. Faqat o‘zbeklargina emas, O‘rta va Markaziy Osiyoda
yashaydigan barcha turkiy xalqlar turk nomi bilan yuritilgan.
Jumladan, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, Volga
bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, kavkazdagi ozarbayjon, qumuq,
no‘g‘ay va sibirdagi oltoy, xakas, tuva, yoqut kabi xalqlar ham turk
deb atalgan. Ularning tillari esa turkiy til deyilgan.
Turk atamasi dastlab siyosiy-ijtimoiy ma’noni anglatgan. U
qabilalar harbiy uyushmasining nomini bildirgan.
Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayin” asarida o‘zbek xalqini
turk, uning tilini turk tili deb amalda
Dostları ilə paylaş: