6.
Frazeologiya - iboralarni (frazeologizmlarni) o‘rganadi.
7.
So‘z yasalishi -so‘z yasash usullari haqidagi bo‘lim.
8.
Etimologiya -so‘zning kelib chiqishi, shakllanish tarixi
haqidagi bo‘lim.
9.
Grammatika -tilning ichki qurilishini o‘rganadi. Grammatika
ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
10.
Morfologiya -so‘z turkumlari, grammatik ma’no, grammatik
shakl haqidagi bo‘lim.
11.
Morfemika -morfema, ya’ni so‘zning ma’noli qismi haqidagi
bo‘lim (morfemikani morfologiyaning alohida bir bo‘limi sifatida
tushunish mumkin).
12.
Sintaksis -so‘z birikmasi, gap va uning turlari haqidagi
bo‘lim.
13.
Punktuatsiya -tinish belgilarini o‘rganadi.
14.
Stilistika (uslubiyat) -nutq uslublarini o‘rganadi.
15.
Dialektologiya -shevalar, lahjalar haqidagi bo‘lim.
16.
Leksikografiya -lug‘at va uning turlarini o‘rganadi.
17.
Til tarixi -til taraqqiyotining tarixiy bosqichlaridagi muhim
jihatlarni o‘rganadi.
12
-§. FONETIKA «Fonetika» grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, «tovush» ma’nosini
anglatadi, ya’ni «tovush haqidagi bo‘lim» demakdir. Nutq tovushlari
fonetikada o‘rganiladi. Nutq a’zolari harakati jarayonida hosil
bo‘lgan tovushlar
nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlarini hosil
qiluvchi nutq a’zolarining jami
nutq apparati deb yuritiladi.
Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko‘ra
ikki xil bo‘ladi: 1.