Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
71
Jarangsiz
tovushlar
ch
Jarangli
Burun
tovushlari
m
n
n(ng)
Yon
tovush
l
Titroq
tovush
r
Bo‘g‘in
Bir nafas to‘lqinida aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi
bo‘g‘in
deyiladi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.
Bir unli bir bo‘g‘inni hosil qila oladi. Bo‘g‘inlar tarkibi quyidagicha
bo‘ladi: с-undosh; v-unli.
v:
o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz.
vс:
o‘t, el, ot, on, ur, ish, oy, ip, iz, o‘y, ol-(ma), in-(kor).
cv
: bu, shu, da-da, ma-na, da-(vom), sa-na, ra-(von), sa-(bab).
cvc:
ko‘k, gul, qo‘l, sol, bor, dam, tan-qid, tan-bur, rav-shan.
cvcc
: go‘sht, qasd, mard, qasr, fikr, ranj, hukm, mehr.
vcc:
aql, ust, asr, ahl, art, ishq, ont.
ccvcc
-sport, shrift.
O‘zbek
tilida bir unli, ikki undoshdan iborat bo‘g‘in mavjud,
ammo ikki unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in uchramaydi. Negaki,
bir unli bir bo‘g‘inga teng keladi. Bo‘g‘inning
ahamiyati
quyidagilardan iborat:
a) maktab o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g‘inga
asoslanadi;
b) she’riy misralarda bo‘g‘inlar tengligi
alohida ahamiyat kasb
etadi;
v) so‘zni ko‘chirishda bo‘g‘inga asoslaniladi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
72
Bo‘g‘in tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
ochiq bo‘g‘in va yopiq
bo‘g‘in.
Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq hisoblanadi:
ma-la-ka, ka-li-ma,
o-na.
Undosh bilan tugagan bo‘g‘in yopiq hisoblanadi:
mak-tab, kaj-
raf-tor, tan-siq.
Dostları ilə paylaş: