Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
75
75
Orfoepiya me’yorlari asosidagi tovush o‘zgarishlari
Assimilyasiya
- nutq tovushlarining o‘zaro ta’siri, birining
ikkinchisini o‘ziga moslashtirishi:
ket-di-ketti, aytti, uch-so‘m-
usso‘m, tuz-sin-tussin
.
Dissimilyasiya
- ikkita bir xil (o‘xshash)
tovushdan birining
boshqa (noo‘xshash) tovushga aylanishi: zarar-
zaral; zarur-zaril,
birorta-bironta; kissa-kista; koridor-kolidor.
Metateza
-undosh tovushlarning o‘rin almashish hodisasi:
daryo-
dayro;
yomg‘ir-yog‘mir;
tebratmoq-terbatmoq;
yamlamoq-
yalmamoq; tuproq-turpoq; o‘rganmoq-o‘granmoq; to‘g‘ramoq-
to‘rg‘amoq.
Proteza
- so‘z boshida bir unlining orttirilishi:
ro‘mol-o‘ramol;
stol-istol; shtraf-ishtaraf
.
Epenteza
-ikki undosh yonma-yon kelganda ular orasida
talaffuzda i yoki u orttiriladi:
fikr-fikir; hukm-hukum.
Prokopa
-so‘z boshida undoshning tushishi:
yiroq-iroq; yigina-
igna; yag‘och-ag‘och
.
Sinkopa
-unlilarning qisqa talaffuz etilishi:
direktor-direktir
.
Apakopa
-o‘zak oxiridagi tovush tushishi:
do‘st-do‘s; xursand-
xursan.
Eliziya-
unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning
qo‘shilishi natijasida tovushlardan birining tushishi:
bora oladi-
boroladi; qora ot-qorot; borar ekan-borarkan.
Tovush moslashuvi
: bir tovush boshqa tovushni o‘ziga
moslashtiradi:
manba-mamba, shanba-shamba, yonbosh-yombosh,
sunbula-sumbula, tanbur-tambur.
Dostları ilə paylaş: