Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
54
54
Bulardan tashqari, erzya va moksha-ijor
tillari ham fin tillari
guruhiga kiradi.
V. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi:
a)
ozarbayjon tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 15
milliondan oshadi. Bulardan 9 milliondan ko‘prog‘i Eronda, 6
milliondan ko‘prog‘i esa Ozarbayjonda yashaydi. Bu til Ozarbayjon
Respublikasining (poytaxti Boku) davlat tilidir;
b
) turk (usmonli turk) tili.
Bu til Turkiyaning (poytaxti Anqara)
davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
v)
turkman tili
. Bu til Turkmaniston Respublikasi (poytaxti
Ashxobod) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi
so‘zlashadi;
g)
o‘zbek tili.
Bu til O‘zbekiston Respublikasining (poytaxti
Toshkent) davlat tili bo‘lib, bu tilda 16
milliondan ortiq kishi
so‘zlashadi;
d)
qozoq tili
. Bu til Qozog‘iston respublikasining (poytaxti Olma
Ota) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
e)
qirg‘iz tili
. Bu til Qirg‘iziston Respublikasining (poytaxti
Bishkek) davlat tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ortiq kishi
so‘zlashadi;
j)
tatar (Qozon tatarlari) tili.
Bu til Tatariston Respublikasining
asosiy davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilar 6,5
milliondan
ortiqdir;
z)
uyg‘ur tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 5 milliondan ortiqroq
bo‘lib, ular asosan Xitoy Xalq Respublikasining Sin szan-uyg‘ur
avtonom tumanida yashaydilar;
i)
chuvash tili
. Bu til Chuvash Respublikasida yashovchi xalqning
tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi;
k)
boshqird tili
. Bu til Boshqirdiston
respublikasida yashovchi
asosiy xalqning tili bo‘lib, bu tilda 1 millionga yaqin kishi
so‘zlashadi;
l)
yoqut tili
. Bu til Yoqutiston respublikasida yashovchi xalqning
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
55
tili bo‘lib, 300 mingdan ko‘p kishi so‘zlashadi;
m)
qoraqalpoq tili.
Qoraqalpog‘istonda yashovchi xalqlarning tili
bo‘lib, bu tilda 200 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
i)
tuva tili
. Tuva respublikasida yashovchi
asosiy xalqning tili
bo‘lib, bu tilda 150 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
Shuningdek, qumiq tili (310 ming kishi so‘zlashadi), qorachoy tili
(100 mingcha kishi so‘zlashadi), balqar tili (50 ming kishi
so‘zlashadi), xakas tili (60 ming kishi so‘zlashdi) va yana bir qancha
boshqa tillar hamda o‘lik tillardan o‘rxo‘n, pechena, qipchoq,
qadimgi uyg‘ur, bulg‘or va xazar tillari ham turkiy tillar oilasiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: