Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
49
a)
ingliz tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 400 millionga
etadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy
Amerika Shtatlari, Kanada, Janubiy
Amerika Ittifoqi va boshqa
joylarda yashaydi. Ingliz tili buyuk Britaniya (Poytaxti London),
Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlari (poytaxti Vashington), Kanada
(poytaxti Ottava) kabi bir qancha mamlakatlarning davlat tilidir;
b
) nemis tili
. Nemis tili Germaniya
Federativ Respublikasining
(poytaxti Berlin), Avstriya Respublikasining (poytaxti Vena) davlat
tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 100 milliondan oshadi);
v)
daniya tili.
Bu til Daniyaning (poytaxti Kopengagen) davlat tili
bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 4 millionga yaqindir;
g)
shved tili
. Bu til Shvetsiyaning (poytaxti Stokgolm) davlat tili
bo‘lib, bu tilda 7 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
d)
norveg tili
. Bu til Norvegiyaning (poytaxti Oslo)
davlat tili
bo‘lib, bu tilda 3,5 million kishi so‘zlashadi;
e)
golland tili.
Bu til Gollandiyaning (Niderlandiyaning) (poytaxti
Amsterdam) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 million kishi so‘zlashadi;
j
) island tili
. Bu til Islandiyaning (poytaxti Reykyavik) davlat tili
bo‘lib, bu tilda 250 ming kishi so‘zlashadi.
O‘lik tillardan vesgod va ostgot tillari ham german
tillari guruhiga
kiradi.
6. Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
fransuz tili
. Bu til Fransiyaning (poytaxti Parij) davlat tili
bo‘lib, bu tilda 60 million kishi so‘zlashadi;
b)
italyan tili
. Bu til Italiyaning (poytaxti Rim) davlat tili bo‘lib,
bu tilda 50 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
v)
ispan tili.
Bu til Ispaniyaning (poytaxti Madrid) davlat tili
bo‘lib, bu tilda 95 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
g)
portugal tili.
Bu til Portugaliyaning (poytaxti Lissabon) davlat
tilib bo‘lib, bu tilda 45 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
d)
rumin tili
. Bu til Ruminiya Respublikasining (poytaxti
Buxarest) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 18
millionga yaqin kishi
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
50
so‘zlashadi;
e)
moldava tili
. Bu til Moldaviya respublikasining (poytaxti
Kishinev) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi
so‘zlashadi;
j)
provansal tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 milliondan ko‘p
kishi bo‘lib, ular Fransiyaning
janubi-sharqida yashaydi;
z)
sardin tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq bo‘lib,
ular Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi;
i)
katalan tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar besh milliondan oshiq
kishi bo‘lib, ular asosan,
Ispaniyada yashaydi;
k)
reto-roman tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 550 ming kishi
bo‘lib, ularning aksariyati Italiyada yashaydi.
O‘lik tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: