Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
139
139
2.
Miqdor-daraja ravishi
: harakat-holatning
miqdoriy belgisini
yoki belgining ortiqligini bildiradi: qancha? qanday? so‘roqlariga
javob bo‘ladi: ko‘p, mo‘l, ancha, kam, bir oz, picha, hiyla, sal, juda,
eng, g‘oyat, nihoyat, o‘ta.
3.
O‘rin ravishi
: harakat va holatning bajarilish o‘rnini, harakat
yo‘nalgan tomonni bildiradi; qaerga? qaerdan? qaerda? so‘roqlariga
javob bo‘ladi: uzoqda, pastda, tubanda, oldinda, unda-bunda,
yuqoridan, quyidan, yaqindan, orqadan, to‘g‘riga, to‘g‘ridan,
yuqoriga, ilgari, olg‘a.
4.
Payt ravishi
harakat va holatning
bajarilish paytini bildiradi;
qachon? qanchadan beri? so‘roqlariga javob bo‘ladi: hozir, boya,
bugun, kecha, avval, oldin,endi, erta, indin, saharlab, ertalab, doim,
hali-beri.
5.
Maqsad ravishi
ataylab, jo‘rttaga, qasddan.
6.
Sabab ravishi
noiloj, noilojlikdan,atayin.
II. Ravishlar belgini darajalab ko‘rsata oladi; qiyosiy daraja:
-roq
.
Biz nariroq surildik;
eng:
Bahorda eng avval bodom gullaydi.
-gina (-kina,-qina)
affikslari orqali
hosil qilingan shakllar
harakat-holatning kuchsizlanganini yoki ta’kidlanganligini anglatadi:
U sekingina shivirladi.
III. Ravish yasalishi quyidagicha:
1)affiksatsiya usuli
bilan ot, sifat, olmosh kabi turkum so‘zlaridan
ravish yasaladi.
-cha:
qisqacha, yangicha, o‘zicha, boshqacha, eskicha,
shoshgancha, bolacha, yigitcha, yashirincha, atroflicha, o‘zimcha.
-larcha
; qahramonlarcha, o‘rtacha, qardoshlarcha.
-chasiga; yangichasiga, toshkentchasiga, eskichasiga.
-ligicha; xomligicha, tirikligicha, butunligicha.
-lab; ertalab, saharlab, ko‘plab,
yaxshilab, kilolab, tonnalab.
-ona
; do‘stona, fidokorona, g‘olibona, xolisona.
-an:
taxminan, umuman, majburan, asosan...
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
140
-lay: (-layin
); butunlay, tiriklay, xomlayin.
-in
;
yashirin, oldin.
-incha
; ko‘pincha, aksincha
-chang
; ko‘ylakchang, kovushchang.
-dek,-
day; tog‘dek, otday, lochinday, avvalgidek.
-iga
(-siga); baravariga, qatorasiga, yoppasiga.
-aki
; yuzaki, yodaki, og‘zaki.
2)
kompozitsiya usuli
bilan qo‘shma ravishlar yasaladi. Quyidagi
qo‘shma ravishlar qo‘shib yoziladi:
birpas, birmuncha
. Quyidagi
qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi:
har doim, har vaqt, har qachon,
har kuni, har zamon (da), hech vaqt, hech qachon, bir oz, bir nafas,
bir vaqt, bir talay, bir qancha.
Yuzma-yuz, so‘zma-so‘z, uchma-uch, dam-badam, qo‘lma-qo‘l,
birma-bir, quruqdan-quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, kundan-kunga, o‘z-
o‘zidan kabi so‘z
lar ham ravish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: