Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
141
141
1.
Sof ko‘makchi
mustaqil ma’no anglatmaydi,
kelishik
affikslariga yaqin turadi. Sof ko‘makchilar quyidagicha: a) asl
ko‘makchilar: bilan, uchun, qadar, sari, sayin; b) ot ko‘makchilar:
burun, ilgari, keyin, boshqa, tashqari; v) fe’l ko‘makchilar: qarab,
ko‘ra, qaraganda, yarasha, boshlab.
Bosh kelishik
dagi so‘zlar (ba’zan qaratqich kelishikdagi olmosh)
bilan qo‘llanadigan so‘zlar (ko‘makchilar): bilan, uchun, kabi,
singari, yanglig‘ (poetik uslubga xos), sayin, orqali, sari, uzra,
sababli, bo‘yi, orqali, tufayli, chog‘li, osha, bo‘ylab, bo‘yicha, ichra,
degan, chamasi, haqda (to‘g‘rida, xususda), haqida, to‘g‘risida,
holda, yo‘sinda.
Jo‘nalish kelishigi
dagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
tomon, qadar. ko‘ra, dovur, qarshi, qarab, yarasha, qaraganda,
muvofiq. binoan,
qaramasdan, qaramay, doir, asosan, qarata.
Chiqish kelishigi
dagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
so‘ng, keyin, boshqa,
tashqari, bo‘lak, ilgari, burun, avval, beri,
buyon, ko‘ra.
2. Ko‘makchi vazifasidagi so‘zlar
:
old, o‘rta, yon, orqa, tomon,
ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, yoqa, qosh.
Dostları ilə paylaş: