Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
24
A’zolarni kesish va umuman insonning halokatiga sabab bo‘luvchi har bir harakat, hatto
kaltaklash ham jonga qasd qilishdan keyingi gunohi kabiradir. Zino va bachchavozlik ham shu
ikkinchi martabadagi gunohi kabiradir. Agar odamlar mana shunday buzuq asosda yaqinlik qilsalar,
nasl qirqiladi, vujud halokat sari yuzlanadi. Zino mavjudlikning asosini yo‘qotolmaydi,
lekin nasablarni
qorishtirib, vorislik nizomini, hayot intizomini izdan chiqaradi. Zinoga ijozat bo‘lsa, qanday qilib bu
nizom buzilmasin!?
Hayvonlarning erkagi va urg‘ochisi bir-biriga xoslanmagani uchun ularning bu ishida intizom
bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsadi isloh etish bo‘lgan hech bir shariatda zinoga ruxsat berilishini
tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Uchinchi
daraja — mol-mulklar. Ular xalqning tirikchilik vositasi bo‘lib, ularni har kim o‘zicha
qanday xohlasa, shunday idora qilmog‘i (masalan,
bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo yo‘llar bilan ko‘lga
kiritmog‘i) joiz emas. Balki, mollar jonlarning, ya’ni insonlarniig yashashi uchun asralmog‘i lozim. Agar
mollar olib qo‘yilsa, ularni qaytarib olish imkoni bor. Ammo mollar keyin tuzatish qiyin bo‘lgan yo‘l
bilan qo‘lga kiritilsa, gunohi kabira bo‘lib qoladi.
Tuzatish qiyin bo‘lgan yo‘llar to‘rttadir:
1. Yashirii yo‘l bilan.
Bu o‘g‘irlikdir. Ko‘pincha mol egasi o‘g‘irlikdan bexabar qoladi (Agar
xabardor bo‘lsa, o‘g‘irlik ro‘y bermasdi). Ug‘ri noma’lum bo‘lganidan keyin molini kimdan talab qilsin.
2. Yetimning molini yeyish.
Bu ham yashirin yo‘l bilan amalga otadi.
Yetimning yaqini, yetimning moliga mutasaddi kishi bu ishda sinaladi. Chunki, u yetimning moli
ishonib topshirilgan kishidir. Unga yetimdan boshqa da’vogar yo‘q. Lekin yetim yesh bola, da’vo
qilishni bilmaydi. Demak, yetimning molini yeyishni ulug‘ gunoh sanash bu o‘rinda vojibdir.
Bosqinchilik esa buning xilofidir. Chunki,
bosqinchilik yashirin emas, ochiq sodir etiladi. Shuningdek,
omonatga xiyonat ham buning xilofi bo‘lib, omonat egasi o‘z molini da’vo qilishga haqlidir.
3. Yolg’on guvohlik bilan o‘zgalarning moliga ega bo‘lish.
4. Soxta qasam bilan omonat yoki omonat bo‘lmagan molni olish.
Bularning barchasida mollar tuzatish imkonsiz bo‘lgan yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan. Ularni aslan
harom qilishga shariatda har xillik bo‘lishi joiz emas. Garchi bu to‘rtta yo‘lning ba’zilariga shariat jazo
tayinlamagan bo‘lsa ham, ular gunohi kabira sanalishga munosibdir. O’zgalarning moliga bu tariqa
ega bo‘lishning oqibati xususida Alloh va Rasulining tahdid — va’idi ko‘p, bu yo‘llarning
dunyo
manfaatiga salbiy ta’siri katta.
Ribo,
ya’ni sudxo‘rlikka kelsak, bu yerda ikkm tomonning roziligi asosida shariat qo‘ygan shartni
buzish bilan o‘zganing molini yeyish bor. Bu kabi ishlarda shariatda har xillik bo‘lishi mumkin.
Birovning molini o‘sha odamning va shariatning rozilig‘isiz talash gunohi kabira qilinmadi. Ribo esa
mol egasining roziligi bilan, ammo shariatning noroziligi bilan hosil bo‘ladi.
Shariat
zinoni
ulug‘ gunohlardan sanab,
undan qaytarar ekan, talash va boshqa yo‘llar bilan
bo‘ladigan zulmni, xiyonatni ham ulug‘ gunoh deb bildi. Ammo, xiyonat yo talash yo‘li bilan mayda
pulchaqalarni o‘zlashtirishni ham gunohi kabiralar jumlasiga qo‘shish shubhali masaladir. Bu hukm
gumonga asoslangan. Gumonning og‘irroq pallasida "bunday ishlar gunohi kabira doirasiga kirmaydi"
degan qarash tosh bosyapti. Gunohi kabira shariat ixtilof qilmaydigan jihat bilan xoslanmog‘i lozim.
Chunki bu dinda juda muhim masala. Demak, bu aytilganlardan so‘ng, Abu Tolib Makkiy sanagan
gunohi kabiralardan quyidagilar qoladi:
badnom qilish; mast qiluvchi ichkilik ichish; sehr; jang
maydonidan qochish; ota-onaga oq bo‘lish.
Mast qiluvchi ichkilik ichishning
gunohi kabira qatorida sanalishiga kelsak, ichkilik aqlni
ketkazadi, demak, uni gunohi kabira deyish to‘g‘ri. Shariatning bu xususidagi qattiq
tahdidlari va
sog‘lom nazar yo‘li shunga dalolat qiladi. Xuddi nafs kabi aql ham insonga bermlgan ne’matdir. Agar
aql bo‘lmasa, quruq nafsdan nima foyda?!
Kishi mast qiluvchi ichimlikdan bir tomchi tushgan suvni ichishi gunohi kabira emas, chunki u
najasli suvni ichib qo‘ygan bo‘ladi. Qachonki shariat biror gunohga jazo belgilar ekan, bu holat
gunohning moddiyligiga dalolat qiladi va u gunoh shariat bo‘yicha gunohi kabira sanaladi.
Shariatning
barcha sirlaridan voqif bo‘lishga insoniyatning quvvati yetmaydi. Shuning uchun qaysi ishning gunohi
kabira ekani ijmo’ bilan sobit bo‘lgan bo‘lsa, bu hukmga ergashish vojib. Agar aksincha bo‘lsa (ya’ni
xujjat sobit bo‘lmasa), bu o‘rinda tafakkur qilishga imkon bor.