Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
49
o‘zganing holi ularni qiziqtirmaydi. Holatlar har xil bo‘lg‘ani uchun javoblar ham har xil bo‘ladi. Bu esa 
himmat, iroda va ulug‘likka nisbatan nuqsondir. Mazkur sifatlar sohibining nazari o‘z nafsi doirasida 
cheklangan, o‘zidan o‘zganing ishi uni qiziqtirmaydi. Chunki, uning Allohga olib boradigan yo‘li — 
nafsi, yo‘ldagi manzillar uning holatlaridir. 
Ba’zan bandaning Allohga olib boradigan yo‘li ilmdan iborat bo‘ladi. Alloh taologa olib boruvchi 
yo‘llar ko‘p, lekin ular yaqinlik va uzoqlik jihatidan farqlanadi. Xulosa shuki, kimning yo‘li hidoyatliroq 
ekanini Alloh bilguvchiroqdir. 
Bizningcha, qilgan gunohini eslab, iztirob chekmoq tavbaga ilk qadamlarni qo‘ygan kishining 
kamolotidan nishonadir. Agar u gunohini unutganida, yuragi kuymas edi. Yuragi kuymasa, poklanmas 
edi. Chunki, gunohni unutish hazinlikni va gunohga yana qaytish yo‘lini to‘sadigan xavfni qalbdan 
chiqaradi. Gunohni unutish g‘ofilga nisbatan kamol deb bilinsa, haq yo‘ldagi solikka nisbatan 
nuqsondir. Negaki bu haq yo‘ldan qaytaruvchi mashg‘ulot bo‘lib, solikning vazifasi haq yo‘ldan 
og‘maslik, o‘z sulukidan chalg‘imaslikdir. Qachonki, solikda o‘zini anglash kurtaklari ko‘rina boshlar 
ekan, qalbi ma’rifat nurlariga to‘ladi, ruhi ilohiy fayzga butkul g‘arq bo‘ladi, o‘tgan holatlarga qarash 
uchun unda vaqt qolmaydi. Mana shu ayni komillikdir. 
Qaysidir o‘lkaga otlangan musofirning yo‘lini daryo to‘sib qo‘ydi. Sal ilgariroq daryoning suvi 
toshib, ko‘prik xarob bo‘lgan edi. Musofir ancha vaqtini boy berib, ko‘p urinishlardan so‘ng daryodan 
kechib o‘tdi. Tasavvur qiling, u daryoning narigi betiga o‘tganidan keyin yo‘lida davom etmasdan, 
sohilda o‘tirib olib, ko‘prikning buzilgani uchun afsus chekib, tinimsiz yig‘layversa, uning bu holati bitta 
to‘siqdan qutulib, ikkinchi to‘siqqa tutilish emasmi? 
Agar kech tushib qolgan bo‘lsa yoki yo‘lda shunga o‘xshash yana boshqa daryolar ham uchrab, 
ulardan kechib o‘tish xavfli bo‘lgani uchun yurishni davom ettirishning iloji bo‘lmasa, bunday sharoitda 
tuni bilan yig‘lab, ko‘prikning buzilganiga qayg‘ursa, arziydi. Albatta, uning qayg‘usi qancha zo‘r 
bo‘lsa, mashaqqatlarni yengishga bo‘lgan azmi ham shuncha mustahkam bo‘ladi. Nafsi bu azmga 
"labbay" deb javob berar ekan, haqiqatan ham u endi bunday mashaqqatlarga zinxor yo‘lamaydi. 
Ha, yo‘lda davom etish, ko‘prikning xarob bo‘lganini eslab, tinimsiz yig‘layverishdan avloroqdir. 
Yo‘lni tanigan, maqsadni bilgan, to‘siqni sezgan va suluk tariqidan xabardor kishigina buni anglaydi. 
Bizningcha, tavba davomiyligining sharti oxirat ne’matlari xususida ko‘p fikr qilishdir. Ana shunda 
ularga rag‘bat kuchli bo‘ladi. Lekin tavbaga endi qadam qo‘yayotgan o‘smir yigit oxirat ne’matlari 
haqida o‘ylar ekan, fikri hurlar, qasrlar kabi bu dunyoda o‘xshashi bor narsalarga mashg‘ul bo‘lib 
qolmasligi lozim. Chunki, bunday o‘ylar uning rag‘batini qo‘zg‘aydi. Natijada u hozir qo‘lga kirishi 
mumkin narsalarni xohlaydi, kelajakdagi ne’matlarga rozi bo‘lmaydi. Shuning uchun u faqat bu 
dunyoda tengi yo‘q saodat Alloh diydorining lazzati haqida tafakkur etsin. 
Ba’zan gunohni eslash ham shahvatga ishtiyoq qo‘zg‘aydi. Ko‘pincha endi tavba yo‘liga qadam 
qo‘ygan kishi bundan zarar ko‘radi. Balki, mazkur holatda unga eng afzali gunohni unutmoqdir. 
To‘g‘ri, tariximizda Dovud alayhissalomning yig‘iyu fig‘onlari hikoya qilingan o‘rinlar ko‘p. Lekin 
ular biz keltirgan haqiqatni tasdiqlashingizga to‘sqinlik qilmaydi. Albatta, ba’zan payg‘ambarlar so‘z va 
fe’llarida ummati bilan baravar darajaga tushadilar. Chunki ular ummatga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish 
uchun yuborilgan. Payg‘ambarlar zimmasida ummatga manfaat bo‘ladigan ishlarda bevosita 
aralashish majburiyati ham bor, garchi bu ishlar ularni yuksak maqomdan tushirsa ham. 
Shunday shayxlar borki, qachon ular muridiga bir riyozatni buyursalar, o‘zlari bu maktabni o‘tgan 
bo‘lsalar-da, muridi bilan birga o‘sha ishga sho‘ng‘iydilar, shu yo‘l bilan muridiga qulaylik tug‘diradilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: 
"Men unutmayman. Lekin (nimanidir) unutsam, bu ham shariatdir" (Molik rivoyati). 
Buning hech ajablanadigan joyi yo‘q. Chunki, bolalar otalarining shafqat quchog‘ida bo‘lganidek, 
ummat ham Payg‘ambarning shafqat quchog‘idadir. Xuddi chorva hayvonlari cho‘ponlar yetovida 
bo‘lganidek. 
Yosh bolasini gapirtirishni xohlagan otaning bola darajasiga tushib, qanday gapirayotganini 
ko‘rmaysanmi?! Xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam novarasi Hasanga: "Qax, qax
"("Tashla, 
mumkin emas", ma’nosida),
deganlari kabi. 
O’shanda Hasan sadaqa qilingan xurmodan bittasini olib, og‘ziga solgan edi. Nahotki, o‘sha payt 
fasohat va balog‘atda tengsiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Bu xurmoni tashla, u 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin