Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
45
ochko‘zlikdan qutula oladimi? 
O’tganlardan biri aytgan ekan: "Kim chin dildan shahvatni (dunyo istaklarini) tark etib, Alloh 
uchun nafsi bilan yetti marta jihod etsa, shahvatga mubtalo bo‘lmaydi". 
Yana biri: "Kim bir gunohdan tavba qilib, yetti yil tavbada mustahkam bo‘lsa, endi hech qachon u 
gunohni takrorlamaydi", degan ekan. 
Tavba qiluvchi kishi agar olim bo‘lmasa, uning muhim vazifalaridan biri, kelajakda unga nima 
vojib va nima harom bo‘lishini o‘rganmog‘idir. Buni anglagan inson tabiatida istiqomat (ya’ni shariatda 
sobitlik) ruhi shakllanadi. Istiqomat mukammal bo‘lishi uchun, albatta, uzlat ixtiyor etilishi lozim. 
Chunki, dunyo yomonliklaridan butkul uzilmagan kishi — faqat ayrim gunohlardan, masalan, aroqdan 
yo zinodan yo bosqinchilikdang‘ina tavba qilgan kishiga o‘xshaydi. Bu hali haqiqiy tavba emas. 
Ba’zilar: "Bunday tavba qilish sahih emas", deydi. Kimlardir uni sahih degan. "Sahih" lafzi bu 
o‘rinda mujmal ifodalangani uchun ikkala qarashdagilarga ham o‘z fikrimizni batafsilroq bayon 
qilamiz. 
Agar "sahih emas" degan qarash, gunohlardan ba’zilarinigina tark etish aslo foyda bermaydi
bunday tark etishning bori bilan yo‘g‘i barobar, degan ma’nodan iborat bo‘lsa, bu katta xatodir. 
Chunki, gunohning ko‘p bo‘lishi azobning ko‘payishiga, gunohning ozligi azobning ozayishiga sabab 
bo‘ladi. 
Agar "bu tavba sahih" degan qarash bilan, ayrim gunohlardangina tavba qilish ham najot va 
muvaffaqiyatga olib boradi, deyilmoqchi bo‘lsa, bu ham adashishdir. Chunki, oxiratdagi najot va 
muvaffaqiyatga barcha gunohlarni tark etish bilan erishiladi. 
"Ayrim gunohlardangina qilingan tavba sahih emas" deyuvchilar aytsa: "Biz bu qarashimiz bilan
tavba pushaymondan iborat, demoqchi edik. Masalan, o‘g‘rilik qilganidan pushaymon bo‘lgan kishi 
"o‘g‘ri" degan nomni olgani uchun emas, balki gunoh ish qilgani uchun ko‘lroq nadomat chekadi. 
Gunoh pushaymonlikka sabab ekan, o‘g‘irlikdan pushaymon bo‘lib, zinodan pushaymon bo‘lmaslikni 
qanday tushunish mumkin? Axir gunoh tushunchasi o‘g‘irlikka ham, zinoga ham birdek tegishli-ku? 
Deylik, farzandi qilich bilan o‘ldirilganida, chuqur g‘amga botgan ota, farzandi pichoq bilan 
o‘ldirilganida ham shunday g‘amga botar edi. Chunki, uning qayg‘usiga qilich yo pichrq emas, balki 
suyukli farzandidan ajrab qolgani sabab bo‘lyapti. Shuningdek, banda ham gunoh tufayli mahbubidan 
ayriladi. Mahbubiga qilgan isyoni o‘g‘irlik shaklidami yo zino shaklida, buning farqi yo‘q. Uni 
qiynaydigan narsa — ayrmliq o‘ti. Bu o‘t esa barcha gunohlarga xos. Demak, gunoh mahbubdan 
ayiruvchi narsa ekanini anglash pushaymonlikni keltirib chiqaradi. Bir gunoh uchun pushaymon bo‘lib, 
boshqasi uchun pushaymon bo‘lmaslik aqlga sig‘maydigan hodisa. Agar bunday pushaymonlik joiz 
bo‘lganida edi, musallasga to‘la ikkita xumning birinchisidan ichib qo‘yilsa, tavba zarur, ikkinchi 
xumdan ichilsa, tavba zarur emas, deb hukm chiqarish mumkin bo‘lar edi. Bu esa muhol ish. 
Negaki, ikkala xumdagi suyuqlikning ham sifati bir. ya’ni mast qiluvchidir. Mast qiluvchi narsa 
shar’an harom hisoblanadi. Xumlarga kelsak, ular faqat idish, haromlik sifatini idish belgilamaydi. 
Shuningdek, gunohlarning shakllari turlicha bo‘lgani bilan, Allohning amriga xiloflik jihatidan ular 
bittadir. Demak, "ayrim gunohlardangina qilingan tavba sahih emas", deyishimizning ma’nosi bunday: 
"Alloh taolo tavba qiluvchilarga martaba va’da qilgan. Bu martabaga faqat nadomat bilan erishiladi. 
Shunday ekan, ba’zi gunohlarga pushaymon bo‘lib, ba’zilariga pushaymon bo‘lmaslik holatini 
tasavvur qilish qiyin. Ha, nadomat iyjob (berdim) va qabul (oldim) lafzlaridan kelib chiquvchi mulk 
kabidir. Dachonki, iyjob va qabul shartlashuvi tamomiga yetmasa, shartnoma sahih bo‘lmaydi. Ya’ni 
undan samara chiqmaydi". 
Bizningcha, ba’zi gunohlardan tavba qilish quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 
— fahat katta gunohlardan tavba qilish; 
— faqat kichik gunohlardan tavba qilish; 
— katta gunohning bittasidan tavba qilib, boshqasidan tavba qilmaslik. 
Faqat katta gunohlardan tavba qilish mumkin bo‘lgan ish. Chunki, banda Allohning nafrati va 
g‘azabiga duchor etuvchi gunohning Alloh nazdidagi dahshatini biladi. Kichik gunohlarning esa 
kechirilishi oson. Bundan kelib chiqadiki, faqat katta gunohdan tavba qilib, unga pushaymon bo‘lish 
muhol emas. Masalan, bir kishi podshohning yaqinlaridan biriga nisbatan gunoh ish qilsa va unga 
tegishli chorva hayvoniga nisbatan ham gunoh ish qilsa, podshohning yaqiniga qilgan jinoyat uni 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin