Uskunalar paneli bilan tanishish. Excel 2007 dasturida oldingi versiyalardagi standart menyular satri
hamda uskunalar panelini o`rnini bosadigan yangi qism kiritilgan bo`lib,
u bir vaqtning o`zida bir qancha asboblar bilan ishlash imkonini berishi
hamda keraksiz bo`lib qolayotgan menyular satri tomonidan egallangan
joyning samarali ishlatilishiga olib keldi. Ushbu qism
lenta deb ataladi
hamda u bir nechta bandlardan iborat bo`lib, ulardagi buyruq va
funksiyalar o`zaro bajaradigan vazifa hamda amallariga mos ravishda
guruhlarga bo`lingan.
Lenta bilan ishlash. Lentadagi buyruqlar bilan ishlash turli xil usullar yordamida
amalga oshiriladi. Bu usullar quyida keltiriladi:
Tugma: Eng keng tarqalgan boshqaruv elementi bo`lib,
tugmalarning ko`pchiligi matnli izohlar bilan ta`minlangan hamda
tugmaning bajaradigan vazifasini bilish uchun uni sichqoncha
yordamida ko`rsatish kifoya. Eng ko`p ishlatiladigan tugmalar boshqa
tugmlarga qaraganda kattaroq shaklda tasvirlanadi. Bu holat sizning ish
jarayoningizda tugmalardan foydalanishingiz jarayonida sizga moslashib
boradi. Ko`pgina tugmalarni tanlanganda to`g`ridan-to`g`ri vazifa
bajariladi. Ba`zi tugmalar esa pastga qaratilgan ko`rsatkichlar bilan
jihozlangan bo`lib, ularni tanlanganda ro`yxat yoki kolleksiya hosil
bo`ladi hamda foydalanuvchi kerakli buyruqni tanlash imkoniga ega
bo`ladi.
Bayroqcha: Kvadrat shaklidagi asbob bo`lib, uni tanlanganda u
ulangan-ulanmagan holatlarini almashtiradi.
Buyruqlar guruhi: Lentaning har bir bandida o`zaro bog`liq
buyruqlar mavjud bo`lib, ular guruhlarga birlashtiriladi. Masalan,
Главная panelining Шрифт buyruqlar to`plamida matn shriftini
boshqarish tugmalari joylashgan.