Formulalar Exceldagi katakchalar o`zida matn, sonlar, formulalrni saqlashi
yoki ularning barchasidan xoli bo`lishi mumkin. Formulalar yordamida
Excel boshqa katakchalarda joylashgan ma`lumotlar asosida hisob-kitob
ishlarini bajarish bo`yicha ko`rsatmalarni oladi. Masalan A ustunida
joylashgan dastlabki 10 ta sonni qo`shish formulasini tuzish mumkin
(=СУММA1:A10).
Formulalarni tuzishda +(qo`shuv), -(ayiruv), *(ko`paytiruv) va /(bo`luv)
standart arifmetik amallari ishlatiladi. Bundan tashqari maxsus
funksiyalarni ishlatish ham mumkin. Bular kerakli natijaga osonlik bilan
erishish imkonini beradi. Masalan Excel funksiyalari yordamida sonning
kvadrat ildizini hisoblash, turli sonlarning faktoriallarini topish va hatto
joriy vaqtni hisoblab topish ham mumkin. Excel funksiyalari bilan
ishlash keyingi boblarda ko`rib chiqiladi.
Aktiv katakcha va diapazonlar. Excelda katakchalardan biri aktiv katakcha deb ataladi va uning
chegaralari boshqalarinikidan ko`ra qalinroq bo`ladi. Boshqa dasturlar
bilan muvofiqlikni ta`minlash maqsadida biz bu holatni Excel kursori
deb ataymiz va aktiv katakchada kursor mavjud deb hisoblaymiz. Kursor
turgan katakchaning ichidagi ma`lumot Formulalar satrida ko`rinib
turadi. Kerakli katakchani yoki bir necha katakchani aktivlashtirish
uchun shu kerakli katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini bosish
yoki bir necha katakchani ko`rsatish uchun ulardan birinchisi ustida
sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda kerakli katakchagacha
chap tugmani qo`yib yubormasdan sichqoncha ko`rsatkichini olib borib,
so`ng qo`yib yuboriladi. Bunda belgilangan katakchalar ustida
keyinchalik kerakli amallarni bir vaqtning o`zida bajarish mumkin
bo`ladi. Belgilangan katakchalar diapazon deb ataladi va ular ko`pincha
yonma-yon joylashgan katakchalardan iborat bo`ladi. Lekin ba`zida bir-
biridan uzoqda joylashgan katakchalarni ham birgalikda belgilash
mumkin. Buning uchun belgilash amalini bajarish jarayonida