278
qidiruv tizimi, Lenta.ru yangiliklar sayti, "Rambler Telekom” internet-
provayderi, "Index20” reklama agentligi, bir qator mobil texnologiyalar
va kontent bilan shug‘ullanuvchi "Rambler Interactive” kompaniyasi
hamda "Begun” kontekstli reklama servisi kiradi. Bugungi kunda
Runetning 14% auditoriyasi, ya’ni 4,2 million kishi "Rambler”ning
qidiruv mashinasidan foydalanmoqda. Birlashgan kompaniyaga tegishli
internet-loyihalardan
17
million
kishi
foydalanmoqda.
Yandeks – Rossiyaning eng
yirik IT-kompaniyalardan biri, 1997-yilda
tashkil qilingan. U qayta ishlayotgan qidiruv so‘rovnomalari soni
bo‘yicha jahondagi qidiruv saytlari ichida 7-o‘rinda turadi. Bugungi
kunda "Yandeks” Rossiyaning internet- qidiruv bozorida 65% ulushga
ega. Butun dunyoga mashhur Google esa Runetning qidiruv sohasida
22% ulushga egalik qilmoqda. "Yandeks” 2010-yil 19-may
kuni ingliz
tilidagi qidiruvlarni amalga oshirish uchun yandex.com saytini ishga
tushirdi va bu bilan u xalqaro darajaga chiqdi. Kompaniya 2010-yil
yakunlariga ko‘ra 439,7 mln. $ daromad olib, uning sof foydasi 134,3
mln. $ ni tashkil qildi.
Dostları ilə paylaş: