O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/197
tarix11.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#153618
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar. 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga 
oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini 
tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, 
psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan 
didaktik talablarga
quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi 
bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning 
asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga 
olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), 
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati 


118 
hamda 
to`ldiruvchisi 
hisoblanadi), 
izchillik, 
muammolilik, 
ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik 
xususiyatining 
mavjudligi), 
o`qitish 
natijalarini 
o`zlashtirish 
mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, 
rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga
quyidagilar kiradi: aniq o`quv fanining o`ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini 
hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, 
o`zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi. 
Psixologik talablarga
idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-
perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko`rgazmali-amaliy), diqqati 
(qat`iyliligi, boshqaga ko`chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, 
yuqori darajada ko`rgazmalilik, o`z vaqtida qayta aloqa yordamida 
o`quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda 
rag`batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik 
xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini 
hisobga olib, o`quv fani mazmuni hamda o`quv masalalari murakkablik 
darajasi 
o`quvchilarning 
yosh 
imkoniyatlari 
va 
individual 
xususiyatlariga mos kelishi, o`quv materialini o`zlashtirishda ortiqcha 
his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) 
kiradi.

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin