122
konvertasiya qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulyasiyalarini yaratish
uchun Captivateda chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va
klavishalarni
bosish
mumkin.
SHuningdek,
Adobe Captivateni
skrinkastlarni,
podkastlarni
yaratish
va
Microsoft
PowerPoint
taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo`llash
mumkin.
Captivate
yordamida
dasturlarning
interfaol
namoyishlari,
simulyasiyalar, yordamchi ma`lumotlar, skrinkastlar, o`yinlar va darslar
yaratish va tahrirlash mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar
ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan ancha kam joy egallaydi.
Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga effektlar, faol nuqtalar,
matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari mumkin.
Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini
tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish,
shuningdek, tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin.
Captivate tasvirlarni, PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni
loyihaga import qilishni qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi
materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir. Captivate
keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda
yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni yaratish, monitordagi
suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish imkoniyatli
testlar yaratish.
Dostları ilə paylaş: