3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalar



Yüklə 398,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.10.2023
ölçüsü398,69 Kb.
#153624
1   2   3   4   5
3-MA\'RUZA

To‘liq aloqali topologiyada
«har biri har biri bilan» tamoyiliga asoslanib, 
punktlar o‘rtasida fizikaviy va mantiqiy ulanish ta'minlanadi (3.4-rasm). n 
cho‘qqilarga ega to‘liq aloqali graf R=n(n-1)/2 qirralardan tashkil topgan, bu esa 
tarmoqning narxini oshiradi. Har bir juft punktlar o‘rtasidagi mustaqil yo‘llar soni
h=n-1 ga teng, shuning uchun mantiqiy qatlamda aylanma yo‘llarning ko‘proq 
soni mavjud, bu esa aloqani, ayniqsa, aylanma yo‘nalishlarda signallar 
tarqalishining al'ternativ muhitlarini ishlatishda (masalan, optik tola, radiorele 
liniyalarda) aloqaning maksimal ishonchliligini beradi. Bu topologiya xududli 
tarmoqlar segmentlari uchun xosdir. 
Uyali topologiya (3.5-rasm.). Unda har bir punkt eng yaqin punktlarning 
kichik soni bilan bevosita aloqaga ega. Cho‘qqilarning soni ko‘p bo‘lganda qirralar 
soni R≈ r n/2 ga teng, bu yerda r har bir cho‘qqiga mos qirralar soni. Uyali 
segmentlar to‘liq aloqali segmentga nisbatan qirralarning soni kam bo‘lganda ham 
yuqori ishonchlilikka ega. 
3.5-rasm. Uyali topologiya. 
Tarmoqlarning elementlari, pog’onali arxitekturalari. Tarmoqning 
tashkil etilishi.
Tashkiliy tuzilma tarmoqning yaxlit tashkil qilinishini, ya'ni uning 
vazifalari, elementlarning asosiy xususiyatlari va alohida tizim osti axborot tarmoq 
segmentlari sifatida qo‘llaniladigan unsurlarning tuzilma komponentlariga 
birlashtirishning kompozision tamoyillarini aks ettiradi. 


Tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlari.
Umumiy holda har 
qanday tarmoqning elementlari punktlar va ularni bog‘lovchi liniyalar 
hisoblanadilar. Tarmoq punktlari oxirgi va tugun punktlarga bo‘linadi. 
Oxirgi punktlarda (OP) (endpoints) tarmoqning terminal uskunalari hamda 
OP funksional vazifalarini belgilovchi axborot resurslari va ishchi tizimlar 
joylashadi. Masalan, OP tarmoqqa,telekommunikasion xizmatlarga kirishni 
ta'minlash yoki tarmoqning turli segmentlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. 
Yuqoridagi ikkita holatda OP kirish tuguni (access node) deb ataladi. 
Foydalanuvchilarning tarmoqqa kirishida, muvofiq OP terminal qurilmasi 
foydalanuvchi vazifasiga ko‘ra, axborot kiritish-chiqarish hamda axborotni qayta 
ishlash funksiyasini bajaradi. 
Telekommunikasiya xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchining 
tarmoqqa kirish imkonini beruvchi punkt-xizmat tuguni (service node) deb 
yuritiladi. Ularda foydalanuvchilar kirishi uchun abonent-tarmoq interfeyslari 
(User Network Interface, UNI) va tarmoq bilan o‘zaro bog‘lanish uchun xizmat 
tuguni interfeysi (Service Node Interface) amalga oshirilgan. 
Turli segmentlarni birlashtiruvchi OP da chegara kommutator, kiritish-
chiqarish mul'tipleksori yoki turli telekommunikasion texnologiyalar tarmoqlarini 
birlashtirishda tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus 
uskunalar o‘rnatilishi mumkin. 
Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq 
aloqa liniyalari birlashgan punkt va ushbu punkt ma'lumotlar oqimi yo‘lida oraliq 
punktdir. Tarmoq tugunida bir paytda yoki har xil paytda turli vazifalar amalga 
oshiriladi, ulardan asosiysi 
kommutasiya, konsentratsiya, mul'tipleksorlash va 
marshrutizasiyadir. 
Kommutasiya
(switching)-marshrutizasiya sxemasiga muvofiq tarmoqda 
axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish jarayoni. Kommutasiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq 
muddatli (krossli), ya'ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo‘li bilan 
amalga oshiriladigan bo‘ladi. 
Konsentratsiya
(concentration)-liniyaning samarali yuklanishini ta'minlash 
maqsadida quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot 
oqimlarini birlashtirishdir. 

Yüklə 398,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin