3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalar



Yüklə 398,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.10.2023
ölçüsü398,69 Kb.
#153624
1   2   3   4   5
3-MA\'RUZA

Mul'tipleksorlash
(multiptxing)-liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursning 
ma'lum qismini axborot oqimining har biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir 
necha axborot oqimlarini uzatishni ta'minlab beradi. O‘rnatilgan bu taqsimlash 
uzatilayotgan axborot yo‘qligida ham saqlanib qoladi, ya'ni bu yerda 
konsentratsiya vazifasi mavjud emas. 
Marshrutizasiya
(routing)-adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali 
asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jarayoni. 
Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta'minlab beradi 
va umumiy holatda signal tarqatish muhitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga 
imkoniyat beruvchi uskunalar majmuasini o‘z ichiga oluvchi qurilmalardir. 
Fizikaviy muhit juft mis simlar, optik tola,efir bo‘lishi mumkin. Muhit turiga 
bog‘liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga ajratiladi.


Simli liniyalarga signal sun'iy tashkil qilingan yo‘naltiruvchi muhitda 
tarqaladigan, masalan, himoyalangan qobiqqa ega simlar(kabel' aloqa liniyalari) 
kiradi. Kabel' aloqa liniyalarida uzoq masofani ta'minlash maqsadida, ma'lum 
intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari ham 
simli hisoblanadi, ularda tarqalish muhiti sifatida dielektrik material, xususan, 
yupqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruksiyasida defisit bo‘lgan 
mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshinning yo‘qligidir. 
Tarmoq tuzilmasi komponentlari.
Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan 
mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari 
odatda 
segment 
miqyosi, 
uning 
bajarayotgan 
vazifasi, 
ishlatilayotgan 
telekommunikasion 
texnologiyasi 
bo‘yicha 
tasniflanadi. 
Tarmoqni 
segmentasiyalashning 
asosiy 
vazifasi 
segment 
ichidagi 
oqim 
ulushini 
maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi 
bilan tasvirlanadi (3.6-rasm): 
-lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi 
kichik hudud, muassasa, sanoat korxonasi va hokazo ichida chegaralanadi, ya'ni 
katta bo‘lmagan ma'lum hududda joylashgan komp'yuterlar tarmog‘i. Umumiy 
holda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taaluqli bo‘lgan qurilmalar 
majmuasi; 
-hududiy (mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN), yirik 
aholi punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan; 
-yirik miqyosli hududiy (global) tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta 
hudud, davlat, kontinent hamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN 
turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur magistral tarmoq 
uzatish muhiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi. 
LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan har biri kichik miqyosdagi bir qator 
segmentlarga bo‘linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi 
va ularning har bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq 
funksional vazifani bajaradi. Har qanday qatlamda segmentlar bog‘liqligi 
magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta'minlanadi. 
3.6-rasm. Masshtab belgisiga ko‘ra tarmoqning ierarxiya segmenti 
Oxirgi punktlarning segment ichida birlashishi va magistral segmentlarning 
amalga oshirilishi umumiy kommunikasion muhit yoki tugun tashkil qilish yo‘li 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy kommunikasion muhitni ishlatish iqtisodiy tomondan foydalidir. 
Bunda bitta tugun tizimi bilan generatsiya qilinadigan yuklama barcha boshqa 
tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo‘lgan bitta tizim bilan qabul 
LAN 
MAN 
LAN 
LAN 
WAN 
MAN 


qilinadi. Umumiy bo‘linadigan muhitli tarmoq segmentlari misoliga shina 
topologiyali kichik bir rangli mahalliy tarmoqlarni hamda transport halqa tamoyili 
bo‘yicha tashkil qilingan hududiy tarmoqlarni keltirsa bo‘ladi. 
Tugun tashkil qilish segment kommutasiyalanayotgan topologiyani ochiq 
tizimlar o‘zaro bog‘lanish modelini (Open System Interconnection,OSI) kanal va 
tarmoq vazifalarga ega bo‘lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo‘li orqali amalga 
oshiriladi. Bunda umumiy kommunikasion muhitdan farqli ravishda tarmoqning 
katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta'minlanadi, biroq 
narxi oshadi. Bunday tarmoqlarga misol sifatida yuqori tezlikli mahalliy 
tarmoqlarning magistral segmentlarini hamda radial tugun tamoyili asosida tashkil 
qilingan hududiy tarmoqlarni keltirsa bo‘ladi.
Tarmoq (tarmoq segmentlari) bog‘lovchi magistral sifatida tashkil qilinsa, 
tayanch tarmoq (backbone network) deb ataladi. Magistral qurilishining turli 
topografik variantlari bo‘lishi mumkin, bunga asoslanib tayanch tarmoqlarning 
nomlanishi ham turlichadir, masalan: «tizma tarmoq», «transport halqa», 
«kommutasiyalanadigan tarmoq». Ulardan har biri aniq vazifa doirasida 
chegaralangan.
Tayanch tarmoq ixtiyoriy darajada (LAN, MAN, WAN) tashkil qilinishi 
mumkin, ya'ni tarmoqning ishonchliligi, ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, 
tarmoqning mantiqiy segmentasiya vazifasi yechiladigan hamma joyda ishlatilishi 
mumkin. Turli darajalardagi tayanch tarmoqlarning yig‘indisi taqsimlangan 
tarmoqning ierarxik bog‘liqligini ta'minlab beradi. Shuni qayd qilish lozimki, 
kichik miqyosli segmentlar (LAN, MAN) uchun tayanch tarmog‘i vazifasini bitta 
tugun bajarishi mumkin. Bunday magistral o‘zgargan magistral (collapsed 
backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida 
mahalliy tarmoqlarning marshrutizator yordamida markaziy nuqtada birlashishini 
keltirsak bo‘ladi. Tayanch tugun oxirgi punkt segmenti yoki bitta daraja 
segmentlari o‘rtasida yuklamani qayta taqsimlaydi, bu yo‘l bilan yuqoriroq 
darajadagi segmentnm tashkil qiladi va uning chegara ortiga yo‘naltiriladigan 
oqimlarni konsentratsiya qiladi. 
Taqsimlangan tarmoq bog‘liqlik ierarxiyasidagi yuqori daraja tayanch 
tarmog‘ini transport tarmoq (transport network) deb atashadi. U yuklamani ancha 
sekin segmentlar bo‘lmish mintaqaviy va mahalliy darajaga uzatadigan yuqori 
tezlikli trakt (segment) tizimi ko‘rinishida amalga oshiriladi.
«Transport tarmog‘i» atamasi segmentning masshtabini emas, balki 
funksionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog‘i texnologiyalarni 
qo‘llab tashkil qilingan katta bo‘lmagan hududiy tarmoqlarning tayanch 
tarmoqlarini aksariyat hollarda transport tarmoqlari deb ataladi. Barcha 
vaziyatlarda segmentlarning transport magistrali bilan birlashishi uning oxirgi 
punktlari bo‘lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi. 
Funksionallikni kompozision tamoyil sifatida qabul qilib, kirish tarmog‘i 
(
Access Network
) deb transport tarmog‘iga kirish punkti bilan o‘zaro bog‘langan 
axborot tarmoqni hududiy taqsimlangan oxirgi punktlari traktini tashkil qiladigan 
segment yoki segmentlar yig‘indisiga aytiladi (3.7-rasm). Xususan, servis tuguni 


bilan foydalanuvchilarning terminal tizimlari o‘zaro ta'sir qiladigan tarmoq 
segmenti abonent kirish tarmog‘i (customer access network) deb ataladi. 
Transport tarmoqlari va kirish tarmoqlari funksional belgilari bo‘yicha 
mustaqil tuzilma komponentlari, ya'ni telekommunikasion tarmoqning funksional 
segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.
Axborot tarmog‘i konsepsiyasida axborot va hisoblash resurslariga kirishni 
taqdim etuvchi ishchi tizimlar bilan foydalanuvchilarni terminal tizimlarning 
o‘zaro ta'sirini ta'minlab beruvchi telekommunikasion tarmoq segmentlari 
yig‘indisi uzoqlashgan kirish (remote access) sifatida tavsiflanishi mumkin. Uni 
amalga oshirish uslublari global aloqalarni tashkil qilish sxemalari va 
ishlatilayotgan dasturiy mahsulotlar funksiyalari bilan ahamiyatli farqlanishi 
mumkin. 
Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish platformasini tashkil qilish ham tarmoq 
komponentlarini vazifalari bo‘yicha birlashtirishga asoslangan. Xizmatlar 
ko‘rsatishning yagona platformasini tashkil qilishda xizmatlarni yetkazib beruvchi 
va aloka operatorlarini birlashtiruvchi global kommunikasiyalar segmentining 
yig‘indisi baza tarmog‘i (
Core Network
) deb ataladi. 
3.7.-rasm. Access va Core tarmoqlarini ko’rinishi 
Turli o‘lchamdagi (butun tarmoqdan alohida fragmentgacha) texnologik 
ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida 
axborot tarmoqlarining evolyusion rivojlanishi tufayli paydo bo‘ldi. Bunday 
segmentlarning mavjudligi xizmatlar ko‘rsatishning yagona mul'tiservisli 
platformaga o‘tish davri uchun xosdir. Ularni funksional-texnologik belgilar 
bo‘yicha tasniflab, quyidagi tushunchalar ishlatiladi: analog tarmoq, raqamli 
tarmoq, ISDN tarmog‘i, IP-tarmoq, SDH tarmog‘i, FR(Frame Relay) tarmog‘i, 
ATM tarmog‘i va boshqalar (3.8.-rasm IPTV tarmog’i keltirilgan). 


3.8.-rasm. IPTV tarmog’ida komponentlar va tarmoq elementlari 

Yüklə 398,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin