ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab
chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini
va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
• xo‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini
shakllantirishga;
• xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo,
shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi
sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir
etishga;
• xo‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga,
fuqarolar jamg‘armalarini amalga oshirishga imkoniyat va shart-
sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish-
ning instrum ent sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga
oshirilishini ob’ektiv ravishda o ‘zida aks ettiradi. Uning nazorat
funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsad-
ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali
namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat
funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning
harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo‘nalishiga bog‘liq holda u
jamiyatning pul mablag‘larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga
kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy
resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi
xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat
funksiyasi amaliyotda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilniasa, moliya taqsimlash
funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat
yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini
ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat
funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik
riv o jlan ish in i t a ’m inlashga, ilm iy-teX nika ta ra q q iy o tin i
jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini
uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab
4
Dostları ilə paylaş: